Angliyaning University of West London 2019-2020-oʻquv yili uchun International Ambassador Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetdagi barcha bakalavriat va magistratura bosqichlarining 1-kurslariga o‘qishga kirgan talabalarga beriadi. Grant salohiyatli va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grant bir yil muddatga ajratiladi. Grant 100 nafargacha talabaga beriladi.
Grant kimlar uchun?
Barcha bosqichlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitetda o‘qish haqi tanlangan bosqich va kursga qarab farq qiladi. Aniq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.
Grant yutib olgan 100 nafar talabaning 1-o‘quv yili uchun kontraktidan 5 000 funt-sterling chegirma qilinadi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
- Nomzod universitetdagi istalgan kurslardan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod tanlagan sohasi bo‘yicha attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomiga ega bo‘lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun IELTS kamida 6,0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
- Nomzod universitetda qabul qilingan kirish talablari va tanlangan kursning maxsus talablariga mos bo‘lishi kerak.
- Nomzod universitet tashkil etadigan barcha tadbirlarda faol qatnashishga va oliygoh elchisi vazifasini bajarishga tayyor bo‘lishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant universitetning barcha bakalavriat va magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ham, grantga ham ariza berishi zarur. Buning uchun avval oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish kerak. Grantga bir yilda 3 marta:
- 2019-yil 28-noyabrgacha
- 2020-yil 30-martgacha.
- – 2020-yil 1-iyulgacha ariza berish mumkin.
O‘qishga hujjat topshirish muddatlari farq qilishi mumkin. Bu haqida ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
O‘qish va grantga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- Shu yerda hujjat topshirish tartibi berilgan, batafsil o‘rganib chiqing.
- Oʻqishga kirish talablari va ingliz tilini bilish talablari bilan tanishing.
- Shu yerdan kerakli kursni tanlang va ariza bering.
- Grant arizasini toʻldiring.
- Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni topshiring.
Kerakli hujjatlar (umumiy):
- Toʻldirilgan arizalar.
- Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi.
- Ingliz tili testi sertifikati (kamida IELTS 6,0 ball).
- Pasport nusxasi.
- Moliyaviy holat haqida hujjat talab qilinishi mumkin.
- Tavsiyanoma so‘ralishi mumkin.
- Research proposal yoki statements.
- CV/resume.
Nomzodlar grantga akademik yutuqlari, oʻqishga qiziqishi, a’lo baholari, pesearch proposal va kelajakdagi rejalari asosida saralanadilar.
Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar elektron pochta orqali ogohlantiriladi.
Maʻlumot uchun: international@uwl.ac.uk