×

University of Western Australia: bakalavr kursi uchun 14720 AQSh dollarigacha grant dasturi


Grant

MUHLAT

31.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1615 marta

Avstraliyaning Pert shahrida joylashgan University of Western Australia oliygohi UWA Winthrop international awards in Australia 2021 grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi University of Western Australia oliygohida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.    

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar kontrakt to’lovi uchun 20000 Avstraliya dollari (taxminan 14720 AQSh dollari) miqdorida moliyaviy yordam bilan ta’minlanadilar. Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak. 

University of Western Australia universiteti bakalavr bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.  

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim: 

  • Nomzod University of Western Australia oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin. 
  • Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant akademik ko’rsatkichlari asosida belgilanadi.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.  
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 79 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin. 

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, University of Western Australia oliygohi bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjatlar bu yerda 2020-yil 31-dekabrigacha qabul qilinadi. 

Qo’shimcha ma’lumot uchun courseworkschols@uwa.edu.au elektron manziliga yoki +61864883834 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!