×

University of Westminster: Magistratura bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant; safar va yashash xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

29.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3766 marta

Angliyaning University of Westminster  2020-2021-oʻquv yili uchun Westminster Full International Scholarship grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi 2020-yil yanvarda boshlanadigan magistratura kurslariga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun moʻljallangan. Grant dasturidan maqsad favqulodda iqtidorli, yuqori potensialli, lekin moliyaviy imkoniyati cheklangan xorijlik talabalarni ragʻbatlantirish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Dastur doirasida olti nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan. Nomzod universitetdagi magistratura dasturlaridan istalgan birini tanlashi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

  1. Talabaning kontrakt puli toʻliq qoplanadi.
  2. Stipendiant turar joy bilan ta’minlanadi.
  3. Gʻolibga kundalik xarajatlar uchun oylik stipendiya ajratiladi.
  4. Talabaning Londonga kelishi va yurtiga qaytishi uchun aviachipta olib beriladi.

Batafsil ma’lumot: shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod aʼlo bahoga oʻqigan boʻlishi zarur. Grantga baholar a’lo (bakalavr diplomi baholari – kamida 95 foiz, magistratura baholari – kamida 90 foiz) boʻlishi talab qilinadi.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. IELTS kamida 6,5-7,0 boʻlishi talab qilinadi.
  5. Nomzod bakalavr yoki magistr diplomiga ega boʻlishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  7. Nomzod oʻzida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
  8. Grant qiyinchiliklarga duch kelgan, oʻgir sharoitlarda yashaganiga qaramay muvaffaqqiyatga erishgan, ulkan akademik va professional yutuqlarga ega talabaga beriladi.
  9. Qisqa qilib aytganda, grantni yutib olish uchun nomzod akademik jihatdan eng sara talaba boʻlishi zarur.

Talablar haqida batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqish va grantga 2020-yil 29-maygacha hujjat topshirish mumkin.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Shu yerdan ingliz tilini bilishga qoʻyiladigan talablar bilan tanishing.
  • Shu yerda Oʻzbekiston fuqarolari uchun hujjatlar talablarini batafsil oʻrganib chiqing. Sahifada oʻqishga kirish uchun 70-75% ijobiy baho yetarli, deb koʻrsatilgan, ammo grantga hujjatingiz koʻrib chiqilishi uchun bakalavr baholari kamida 95%, magistr baholari kamida 90% boʻlishi kerak.
  • Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  • Kurs sahifasidagi kirish talablari bilan tanishing.
  • Ikkita tavsiyanoma oling.
  • Research proposal tayyorlang.
  • Viza uchun passport nusxasini tayyorlang.
  • Agar talab qilinsa, personal statementni ham tayyorlash kerak.
  • CV/resumeni ham tayyorlang.
  • Kurs sahifasidagi Apply yozuvini bosib, ariza bering.
  • Agar hujjat topshirish bilan bogʻliq muammo tugʻilsa, course-enquiries@westminster.ac.uk manzilidan aniqlang.
  • Grantga ariza berish. Grantga hujjat topshirishdan avval tayyorgarlik koʻrish bosqichlari, talablar va yoʻriqnomani toʻliq oʻrganib chiqing.
  • Keyin ariza shaklini shu yerdan yuklab olib, toʻldiring. Eslatma: grantga ariza topshirish yoʻriqnomada berilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Arizani quyidagi manzilga qogʻoz variantda joʻnatish lozim:

Scholarships Office
University of Westminster
Cavendish House
101 New Cavendish Street
London W1W 6XH
United Kingdom

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Toʻldirilgan arizalar.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS kamida 6,5-7,0 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Iqtisod yoʻnalishi uchun GRE/GMAT sertifikati.
  • Research proposal.
  • Pasport nusxasi.
  • Personal statement.
  • 2 ta tavsiyanoma.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Shunigdek, oʻqishga kirish haqidagi batafsil ma’lumot va maslahatlar borasida Westmister unversitetining Toshkendagi filialiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: scholarships@westminster.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!