×

Angliya: University of Wolverhamptonda barcha bosqichlar uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

01.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1378 marta

Angliyaning University of Wolverhampton 2020-oʻquv yili uchun Vice-Chancellor’s International Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetdagi barcha bakalavriat, magistratura va PhD bosqichlarining 1-kurslariga o‘qishga kirgan talabalarga beriadi. Grant salohiyatli va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grant bir yil muddatga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda o‘qish haqi tanlangan bosqich va kursga qarab farq qiladi. Aniq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan talabaning 1-o‘quv yili uchun kontraktidan 1 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarni qoplamaydi, ularni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod universitetdagi istalgan kurslardan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod attestat/kollej/litsey/bakalavr/magistr diplomiga ega bo‘lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Qabul uchun IELTS kamida 6,0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Nomzod universitetda qabul qilingan kirish talablari va tanlangan kursning maxsus talablariga mos bo‘lishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning istalgan bosqichi va kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi zarur. Grantga ariza topshirish talab qilinmaydi, oʻqishga berilgan hujjat kifoya.

O‘qishga hujjat topshirish muddatlari farq qiladi. Bu haqida ma’lumotni UCAS tizimi sahifasidan aniqlang. Taxminiy dedlayn – 2020-yil 1-may.

O‘qishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Shu yerda hujjat topshirish tartibi berilgan, batafsil o‘rganib chiqing.
  • Oʻqishga kirish talablari va ingliz tilini bilish talablari bilan tanishing.
  • Shu yerdan kerakli kursni tanlang va ariza bering.
  • Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni topshiring.

Kerakli hujjatlar:

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi sertifikati (kamida IELTS 6,0 ball).
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy holat haqida hujjat talab qilinishi mumkin.
  • Tavsiyanoma so‘ralishi mumkin.
  • Research proposal yoki statements.
  • CV/resume.

Ma’lumot uchun: admissions@wlv.ac.uk; internationaladmissions@wlv.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!