×

University of York: PhD bosqichi uchun to’liq va qisman grantlar


Grant

MUHLAT

30.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2243 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of York o’zining navbatdagi Wild Fund Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant mazkur universitet bitiruvchisi Dr. Anthony Wild tomonidan moliyalashtirilgan. Ushbu grant dasturi 2021-yil sentabrda boshlanadigan Postgraduate Research Program kurslariga qabul qilingan/qilinadigan, chet ellik (ro’yxatda O’zbekiston ham bor) tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan. Grantlar University of York Department of Chemistry bo’limida PhD, MPhil yoki MSc by Research tadqiqotchilari uchun beriladi. Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Wild Fund Scholarships dasturi tadqiqotchilarga uch xil grant taqdim etadi. Stipendiantlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. Wild Platinum Scholarship – o’qish xarajatlarini 100 foiz qoplanadi va 6 000 funt-sterling stipendiya beriladi. Grant shartlari bajarilganda stipendiya o’qish davri oxirigacha beriladi.
  2. Wild Gold Scholarship – o’qish xarajatlarini 50 foiz Grant shartlari bajarilganda stipendiya o’qish davri oxirigacha beriladi.
  3. Wild Prize – tadqiqotchiga yillik 2 000 funt sterling miqdorida moliyaviy yordam ajratadi.

Grantning manfaatli jihatlari haqida batafsil bu yerda tanishing.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod University of York Department of Chemistry bo’limiga PhD, MPhil yoki MSc by Research tadqiqotchisi sifatida o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzodlar tanlagan ilmiy rahbarining fikri, erishgan akademik yutuqlari, qaysi mamlakatdan ekanligi va moliyaviy ahvoliga qarab taqdirlanadilar.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun odatda kamida IELTS 6.5, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball talab qilinadi.
  5. Nomzod magistrlik yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lishi kerak

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Wild Fund Scholarships dasturida qatnashish uchun nomod avvalo University of York Department of Chemistry bo’limiga PhD, MPhil yoki MSc by Research tadqiqotchisi sifatida o’qishga onlayn ariza topshirishi kerak. Oktabrda boshlanadigan kurslar uchun hujjat topshirish muhlati odatda aprel oyida yakunlanadi (tanlangan yo’nalish va egallanmoqchi bo’lgan ilmiy darajaga qarab turlicha bo’lishi mumkin).
  • Oliygohga hujjat topshirishning bir bosqichi sifatida nomzod o’ziga ilmiy rahbar tanlashi va u bilan bog’lanishi zarur.
  • Universitetga hujjat topshirishni tugallagan nomzodlar yuqorida keltirilgan 3 ta stipendiya dasturidan xohlaganiga ariza topshirishiradi. (Ammo grant hay’ati nomzodni o’zi tanlaganidan boshqa dasturga loyiq topishi mumkin. Misol uchun Wild Platinum Scholarship dasturiga hujjat topshirgan nomzodga Wild Gold Scholarship stipendiyasi berilishi mumkin).
  • Qasturda qatnashish uchun ariza shakli to’ldirilib chemgrad@york.ac.uk manziliga 2021-yil 30-aprelga qadar yuborilishi kerak.
  • 2020-yilning mayiga qadar ilmiy rahbarlar o’zlari tanlagan ariza beruvchi nomini Wild Fund Scholarships hay’atiga ma’lum qilishlari zarur.
  • Natijalar nomzodlarga email orqali ma’lum qilinadi.

Oliygohga kirish uchun kerakli hujjatlarning taxminiy ro’yxati:

  1. Onlayn ariza.
  2. Bakalavr va magistrlik diplomlari.
  3. Baholar/diplom ilovasi.
  4. 2 ta tavsiyanomz beruvchining ismi-sharifi va kontakt raqamlari.
  5. Tanlangan ilmiy rahbar/rahbarlarning ismi-sharifi.
  6. CV.
  7. Tadqiqot rejasi.
  8. Ingliz tilini o’zlashtirganlik haqidagi sertifikat. (IELTS 6.5 va undan baland. Har bir bo’limdan kamida 5.5).
  9. Nomzodning moliyaviy ahvoli haqidagi hujjat. Unda nomzod o’qishini qanday moliyalashtirmoqchiligi/biror grant dasturiga hujjat topshirmoqchiligini ko’rsatib o’tishi lozim.

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida taqdim etilishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: shu yerdagi kontaktlarga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!