×

UNODC E4J Firearms: Markaziy Osiyodagi 17-24 yoshlilar uchun rus va ingliz tilida insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 5 ta


Grant

MUHLAT

10.07.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1563 marta

BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasiga (UNODC) qarashli Education for Justice loyihasi va Qirgʻizistonda joylashgan Ala-Too xalqaro universiteti hamkorlikda “UNODC E4J Firearms” mavzusida esselar (insholar) tanlovini eʼlon qildi. Tanlov Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlari uchun moʻljallangan boʻlib, yosh avlodga oʻqotar qurollar harakatini huquqiy tartibga solish bilan bogʻliq muammolarni yaxshiroq tushunish va hal qilish imkonini beradi.

Esselar quyidagi mavzularda yoki BU YERDA keltirilgan modullarga oid mavzuda yozilishi mumkin (mavzular rus tilida keltirilgan, esse xuddi shu mavzularda ingliz tilida ham yozish mumkin):

• Огнестрельное оружие, терроризм и организованная преступность
• Незаконный рынок огнестрельного оружия
• Законный рынок огнестрельного оружия
• Международная правовая база
• Национальные нормативные положения об огнестрельном оружии.
• Незаконное использование оружия во время военных действий

Grant kimlar uchun?

17-24 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari hamda bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 1-5-oʻrinni olganlar quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin: 200 AQSH dollari.
2-oʻrin: 100 AQSH dollari.
3-oʻrin: 75 AQSH dollari.
4-oʻrin: 75 AQSH dollari.
5-oʻrin: 50 AQSH dollari.

Mukofot summalari bank oʻtkazmasi orqali gʻoliblarga yuboriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Markaziy Osiyo davlatlaridan birida (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston yoki Turkmaniston) maktab, kollej, litsey oʻquvchisi yoki bakalavriat yoxud magistratura talabasi boʻlishi kerak.
  • Nomzod 17-24 yosh oraligʻida boʻlishi kerak.

Essega qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Esse yuqorida koʻrsatilgan mavzulardan birida yoki BU YERDA keltirilgan modullarga oid mavzuda yozilishi kerak.
  • Esse rus yoki ingliz tilida yozilishi kerak.
  • Esse 3000 soʻzdan oshiq boʻlmasligi kerak (iqtiboslarni ham hisobga olganda).
  • Esse Microsoft Word faylda, Times New Roman, 12 shriftda yozilgan boʻlishi, satrlar orasidagi interval 1,5 boʻlishi kerak.
  • Esse yozilgan Word fayl boshida quyidagilar keltirilishi kerak:
    – Ism, familiya, sharif;
    – Muallifning elektron pochta manzili;
    – Muallifning telefon raqami;
    – Muallif oʻqiydigan taʼlim muassasasi nomi;
    – Muallifning davlati.
Shuningdek, barcha topshirilgan ishlar plagiatga qarshi tekshiruvdan oʻtadi. Insholar mavzu boʻyicha namoyish qilingan bilim, inshoning originalligi, tuzilishi va aniqligi, tanqidiy fikrlash va tahlil asosida baholanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Esselar 2021-yilning 10-iyuligacha (10-iyul ham kiradi) lawdepartment@iaau.edu.kg elektron manziliga yuborilishi lozim.

MUHIM: Ishtirok etishga kirishishdan oldin tanlovning rasmiy eʼloni bilan tanishib chiqing.

Tanlov gʻoliblari 2021-yilning 15-iyul kuni “Ala-Too Law Program” dasturining Facebook sahifasida eʼlon qilinad.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Telefon: +996 559 605 205

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!