×

AQSH: Mukofot jamg’armasi 630 ming AQSH dollari bo’lgan grant dasturi


Grant

MUHLAT

15.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2658 marta

AQSH da joylashgan The University of Illinois at Springfield (UIS) oliygohi UIS Institutional Scholarship for International Students 2019-2020 grant dasturiga arizlar qabul qilishni boshladi. Ushbu grant dasturi UIS oliygohi tomonidan taqdim etiladigan istalgan o’quv kurslari uchun ajratiladi. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan. Dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlashdir.

UIS tomonidan taqdim etiladigan kurslar ro’yxati bilan bu yerda to’liq ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqich talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

UIS Institutional Scholarship for International Students grant dasturi UIS kurslariga qabul qilingan 300 yaqin talabalarga 630 ming AQSH dollari miqdorida moliyaviy ko’mak beradi. Bunda har bir talabaga 630 ming AQSh dollari ajratilmaydi, balki shu miqdordagi grant 300 talaba orasida ko’rsatkilchlariga qarab taqsimlanadi.

UIS dagi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  • Nomzod UIS oliygohi taqdim etgan kurslarning qabul talablariga to’liq javob berishi lozim.
  • Nomzodning sog’lig’ida jiddiy muammolari bo’lmasligi lozim.
  • Nomzod hujjat topshirayotgan ta’lim bosqichidan oldingi bosqichni tugallagan bo’lishi talab etiladi.
  • Nomzodlar Ingliz tili bilim darachasini ko’rsatuvchi TOEFL sertifikatini taqdim etishlari lozim. TOEFL sertifikati bakalavr bosqichi talabalari uchun 500(paper based) 61 (internet based), magistratura bosqichi talabalari uchun 550(paper based) 79 (internet based), doktorantura bosqichi talabalari uchun 575(paper based) 88 (internet based bo’lishi talab etiladi. Til talablari haqida to’liq ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqshingiz mumkin.

UIS oliygohining turli bosqich qabul talablari haqida ma’lumotlar bilan bu yerda  to’liq tanishib chiqshingiz mumkin. 

Dasturga qabul jarayoni:

UIS Institutional Scholarship for International Students grant dasturiga hujjat topshirish uchun universitet sayti orqali ARIZA  to’ldirib jo’natish  lozim. Grant uchun ariza bermoqchi bo’lsangiz, avvaliga unversitetga kirish hujjatlari haqida kerakli ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz kerak bo’ladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun finaid@uis.edu  elektron manzili yoki (217)206-6724 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!