×

AQSh: Bakalavriatda o’qish uchun 2 mingdan 15 ming AQSh dollarigacha stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

01.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2894 marta

AQShda joylashgan Kent State University bakalavr bosqichida tahsil olishni xohlovchi xalqaro talabalardan Undergraduate Merit-Based Scholarship dasturiga hujjatlar qabul qilmoqda. Dastur maqsadi – iqtidorli xalqaro talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Ushbu dasturga hujjat topshirmoqchi bo’lgan nomzod universitetda mavjud bo’lgan bakalavrlik yo’nalishlardan istalgan birini tanlashi mumkin (universitetda 280 dan ortiq yo’nalishmavjud).

Grant dasturiga alohida ariza topshirish muhlati mavjud emas. Bakalavrlik dasturlariga hujjat topshirish muhlatlari ushbu grant dasturiga hujjat topshirish muhlati hisoblanadi. Bakalavrga hujjat topshirish muhlatlari quyidagicha:

  • Kuzgi semestr uchun – har yilning 1-apreligacha;
  • Bahorgi semestr uchun – har yilning 1-oktabrigacha.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur universitetga yangi qabul qilingan talabarga 2 mingdan 15 ming AQSh dollarigacha bo’lgan miqdordagi bir martalik stipendiya berishni nazarda tutadi. Dastur boshqa xarajatlarni (kotntrakt puli, yo’lkira, turar joy va hk) qoplab bermaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzodning kollej/litseydagi GPA’si 4dan kamida 3 bo’lishi kerak (Bu kollej/litseyda olingan baholarning o’rtachasi taxminan 4.5 ga teng bo’lishi kerak degani).
  • Nomzod ingliz tilida qiyinchilik muloqot qila olishi kerak. Ingliz tiliga qo’yilgan talablar quyidagicha:
    – TOEFL score of 525 (71 on the Internet based version)
    – IELTS score of 6.0.
  • Nozmod universitetdagi bakalavriat yo’nalishlaridan biriga shartsiz qabul qilinishi kerak (Unconditional Offer).

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grantga alohida hujjat topshirilmaydi. Nomzod dastlab o’ziga mos bakalavrlik dasturini  tanlab olishi, so’ng ushbu bakalavrlik dasturiga kerakli hujjatlarni belgilangan shaklda topshirishi lozim. Bakalavrlik dasturiga shartsiz qabul qilingan nomzodar avtomatik tarzda stipendiya uchun nomzod sifatida ko’rib chiqiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!