×

AQSh: yosh mutaxassislar uchun haq to’lanadigan stajirovka dasturi


Grant

MUHLAT

07.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4382 marta

EDF Climate Corps – qo’shma quvvat boshqaruvi (corporate energy management) yo’nalishidagi eng nufuzli stajirovka dasturlaridan biri hisoblanadi. Ushbu dastur har yili yuzlab iqtidorli talaba va mutaxassislarga va eng faol hamda muvaffaqqiyatli kompaniyalarda pulli amaliyot o’tash imkonini yaratib keladi. EDF Climate Corps 160dan ziyod nufuzli kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi va o’zining grant dasturi orqali kuchli yetakchilik qobiliyati va kerakli texnik va amaliy bilimlarga ega talabalarga o’z bilimlarini amaliyot orqali mustahkamlash uchun grant ajratadi.

Climate Corps stajirovka dasturida qatnashuvchilari dastur davomida turli kompaniyalarga biriktirilib, u yerda o’z sohalariga mos vazifada bir necha oy amaliyot o’tashadi. Bu kompaniyalar ichida Google, BlackRock va Lyft kabi nufuzli kompaniyalar ham bor. Amaliyot AQShning Boston, Los Anjelos va boshqa turli shtatlaridagi kompaniya ofislarida 2019-yilning may-sentabr oylarida bo’lib o’tadi. Dasturning davomiyligikamida 10 haftan tashkil etadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichlari talabalari hamda bitiruvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stajirovka dasturiga grant asosida qabul qilingan mutaxassislarga dastur davomida haftasiga 1250 AQSh dollar maosh beriladi. Undan tashqari, qatnashchilarga turli hududlardagi treninglar va har yili kuzda bo’ladigan sammitda ishtirok etish uchun safar harajatlari ham qoplab beriladi.

Talablar:

Dasturga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod magistratura yoki doktoranturani yaqinda tamomlagan bo’lishi yoki shu bosqichlarda tahsil olayotgan bo’lishi zarur.
  2. Nomzod biznes, muhandislik, barqarorlik (sustainability) va shunga o’xshash kurslarda o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzodning stajirovka mavzulari yoki o’z sohasi bo’yicha kamida 2 yillik ish tajribasi bo’lishi zarur.
  4. Nomzod loyihalarni boshqarish va yetakchilik tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  5. Nomzod mustqil harakat qila oluvchi va kuchli ichki motivatsiyaga ega shaxs bo’lishi juda muhim.
  6. Nomzod yozma va og’zaki nutq va taqdimot qilish bo’yicha kuchli malakaga ega bo’lishi zarur.
  7. Nomzod 2019-yil yoziga qadar magistratura yoki doktorantura kabi yuqori bosqichda moliya fanini o’tib, tugatishi zarur.
  8. Nomzod atrof-muhitga oid muammolarni hal etishga katta qiziqish bildiruvchi shaxs bo’lishi kerak.
  9. Nomzod kuchli moliyaviy bilimlarga ega bo’lishi zarur.
  10. Nomzod 2019-yil yoz olarida AQShga ko’chib o’tib, dasturda qatnasha olishi zarur. Talablar haqida batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Stajirovka grantiga onlayn ariza ikki mavsumda qabul qilinadi. Birinchi mavsumga qabul 2018-yil 5-dekabrda, ikkinchi mavsumga qabul esa 2019-yil 7-yanvarda yopiladi. Birinchi mavsum vaqtida hujjat topshirgan nomzodlarda amaliyot uchun kompaniya tanlash imkoniyati ancha kengroq bo’ladi.

Saralash jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi:

  1. Onlayn ariza topshirish. Shaxsan ariza bermay turib, dastur uchun boshqa shaxsni nomzodlikka ko’rsatish ham mumkin.
  2. Dastur tashkilotchilari bilan suhbat.
  3. Ilk saralashdan o’tib, dastur talablariga eng mos nozmodlar uchinchi bosqichda dasturga hamkor tashkilot va kompaniyalariga biriktiriladi.
  4. Keyingi bosqichda dastur uchun saralab olingan mutaxassislarni ularga biriktirilgan kompaniyava vakilari suhbatga taklif qilishadi.
  5. Oxirida natijalar e’lon qilinadi.

Saralash jarayoniga oid savollaringiz bilan edfclimatecorps.apply@edf.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Qo’shimcha ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz ham mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!