×

AQSh: barcha xarajatlari qoplanadigan rezidensiya dasturi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

6120 marta

AQSHda joylashgan McCain Institute’ning eng mashhur dasturlaridan biri – the Next Generation Leaders bir yillik qisqa innovatsion dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur o’z karyerasida ancha odimlab ulgurgan, yaxshi tajribaga ega va kelajakda sohani yanada chuqur egallashga bel bog’lagan mutaxasislar uchun mo’ljallangan bo’lib, undan maqsad qatnashchilarni o’z salohiyatlarini davlat rivojiga yo’naltirish, yetakchilik sirlarini o’rganish va malaka oshirishlariga imkon yaratish. Bu kurs davomida qatnashchilar AQShda bir yil muddat davom etadigan mashg’ulotlarda ishtirok etadilar. Kursning birinchi qismida nazariy bilimlar Vashington shahrida berilgach, qatnashchilar AQSh bo’ylab ularga institut tomonidan mo’ljanib oldindan biriktirilgan amaliyot joylariga jo’nab ketishadi. Bunday joylar, masalan, jurnalist uchun biror tahririyat, siyosatchi uchun xalq tashkiloti yoki davlat organlari mutaxassisi mayor offisiga biriktirilishi mumkin.

Kurs boshlanganda qatnashchilar o’z jamiyat va davlatlari uchun tuzgan Yetakchilik Harakat Rejasi (Leadership Action Plan) ustida ishlashlari va kursdan keyin uni amaliyotga tatbiq qilishlari hamda amaliyotga qo’llash vaqtida bu haqdagi ma’lumotlarni McCain Institutega bildirib turishlari kerak bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Tajribali mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Next Generation Leaders bir yillik kursi qatnashchilariga to’liq grant beriladi. Grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. Bir yil davomida oziq-ovqat, turar-joy va yashashga ketadigan asosiy harajatlarni qoplashga yetarli stipendiya. Stipendiyaning hajmi nomzodga biriktirilgan amaliyot hududidagi narxlardan kelib chiqadi.
  2. Nomzodning tibbiy sug’urtaga ketadigan harajatlari qoplanadi.
  3. Undan tashqari, nozmodning shahar ichidagi transport harajatlari ham qoplab beriladi.

Qatnashchi AQShga kurs muddati uchun oilasini olib kelmoqchi bo’lsa, uning oila a’zolarining aviachipta uchun sarflanadigan xarajatlari qoplanadi, lekin qo’shimcha stipendiya berilmaydi.

Talablar:

Dasturga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod o’z sohasida taxminan 10 yil ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  3. Nomzod yuksak akademik va kasbiy yutuqlarga erishgan bo’lishi kerak. Ilgari grant yutib olgan shaxslar haqida ma’lumot tashkilotchilar vebsaytida keltirilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant va rezidensiya dasturiga arizalar fevral oyi o’rtalariga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi.  Arizani shaxsan o’zingiz uchun berishingiz yoki kimnidir tavsiya qilishingiz mumkin. Nomzod tavsiya qilishda “nominate” tugmasidan foydalaniladi.

Ariza topshirish noyabr oyida boshlanadi.

Ma’lumot uchun nextgenerationleaders@mccaininstitute.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!