Study of the U.S. Institutes (SUSI) Madeleine K. Albright Young Women Leaders Program dasturi ayol-qiz talabalarni Amerika Qo’shma Shtatlari va uning madaniyati bilan yaqindan tanishtirish va ularda yetakchilik sifatlarini rivojlantirish maqsadida AQShda tashkil etiladigan qisqa intensiv kurs hisoblanadi. SUSIs kursi bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. 4 hafta davom etadigan rezidensiya mashg’ulotlari ma’ruzalar, seminarlar, taqdimot va munozaralardan iborat kurs mashg’ulotlari vaqtida o’quv safarlari, ekskursiyalar va volontyorlik mashg’ulotlari ham boʻladi. Shuningdek, vaziyat imkon bers, AQSH boʻylab qoʻshimcha 1 haftalik taʼlim ekskursiyasi ham tashkillashtiriladi.
Mashg’ulotlar qatnashchilarda yetakchilik qobiliyatini rivojlantish uchun maxsus tashkillashtirilgan bo’ladi va kursda ishtirok etgan talabalar AQShga sahoyat qilish bilan birga kuchli yetakchilar bo’lib shakllanadilar.
1997-yil 23-yanvardan 2001-yil 20-yanvargacha AQShning birinchi ayol Davlat kotibi lavozimida ishlagan marhuma kotib Madeleine K. Albright merosini hurmat qilish uchun ushbu dastur demokratik tamoyillar, qadriyatlar va kotibning yutuqlariga eʼtibor qaratadi. Dastur davlat xizmatida ayollar yetakchiligi va AQSH federal hukumat tizimi asosidagi AQSh demokratik tamoyillari va qadriyatlariga oid kontentni oʻz ichiga oladi.
Navbatdagi (2025-yilgi) dasturning Markaziy Osiyo davlatlari uchun mavzusi – atrof-muhit muammolaridir. Dastur mashgʻulotlarida ekologik muammolar, barqaror rivojlanish, ekologik adolat, jamoatchilik salomatligi, iqlim oʻzgarishi va shu kabi boshqa masalalarda ayollar ishtiroki muhokama qilinadi.
Ushbu dastur mashgʻulotlari 2025-yil 21-iyundan 26-iyulgacha boʻlib oʻtadi. Agar salomatlik, xavfsizlik yoki safarga oid qiyinchiliklar AQSHga borishga imkon bermasa, dastur mashgʻulotlari onlayn tarzda ham oʻtkazilishi mumkin.
Grant kimlar uchun?
18-25 yoshdagi ayol-qizlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
SUSIs dasturiga qabul qilingan talabalarga toʻliq grant ajratiladi, yaʼni:
- AQSHga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
- Mahalliy va boshqa safarlar uchun mablagʻ ajratiladi.
- AQSHda turli mashgʻulor, tadbirlarga borish uchun transport taʼminlanadi.
- Kitoblar, madaniy tadbirlar, pochta xizmatlari va boshqa kundalik xarajatlar uchun mablagʻ ajratiladi.
- Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
Agar dastur onlayn tarzda boʻlsa, ishtirokchilarga zaruriy texnologiyadan foydalanish uchun stipendiya ajratiladi.
Talablar:
Dasturga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar ariza topshirishi mumkin:
- Faqat ayol-qizlar topshirishi mumkin.
- 18 va 25 yosh orasida boʻlish kerak.
- Oʻzbekistondagi akkreditatsiyadan oʻtgan oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan 1, 2 yoki 3-kurs talabasi boʻlish kerak. Ariza topshirish vaqtida 4-kurs boʻlgan talabalar dasturga ariza topshira olmaydi.
- Ingliz tilida yozma va ogʻzaki tarzda ravon muloqot qila olishi, oʻqib ortiqcha qiyinchiliklarsiz tushuna olishi kerak.
- Dastur mavzusiga qiziqishi kerak (mavzu: ekologik va atrof-muhitga oid muammolar. Bu AQSHda oʻtiladigan dastur mavzusi, ariza topshirishda ariza shaklida yoziladigan insho mavzusi emas).
- AQSh haqida oʻrganishga boʻlgan kuchli qiziqishni namoyon qilish kerak.
- Dastur yakunlangandan keyin (2025-yil iyul) vatanidagi universitetda kamida 1 semestr oʻqishi hamda dasturdan keyin oʻz vatanidagi universitetga qaytish masʼuliyatini olishi lozim.
- Oʻqish va jamiyatdagi faoliyatida kuchli yetakchilik sifatlari va potensialini nayomon qila olishi kerak.
- Barqaror yuqori akademik koʻrsatkichlar / yutuqlarga ega boʻlish kerak, bular baholar va turli mukofotlar orqali tasdiqlanadi.
- Jamiyat va universitetdagi oʻqishdan tashqari mashgʻulotlarda faol boʻlish ishtiyoqini koʻrsata olishi kerak.
- AQSHda oʻqish yoki sayohat qilish tajribasiga ega boʻlmaslik yoki qisqa vaqt davomida boʻlgan boʻlish kerak.
- Yetuk, masʼuliyatli, mustaqil, oʻziga ishongan, dunyoqarashi keng va qiziquvchan boʻlish kerak.
- AQShda boshqa ishtirokchilar bilan birga turishga, boshqa madaniyat vakillarining madaniy va ijtimoiy amaliyotlariga moslashishga tayyor boʻlish kerak.
Nomzodlar, irqi, terisining rangi, dini yoki milliy kelib chiqishidan qatʼi nazar, bir xil darajada koʻrib chiqiladi. Nogironligi bor nomzodlarning ariza topshirshi qoʻllab-quvvatlanadi.
Dasturga qabul jarayoni:
SUSIs dasturiga arizalar elektron pochta orqali 2024-yil 20-okatbr, soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
- Toʻldirilgan ariza shakli.
- Fanlardan olingan rasmiy baholar – ingliz tilida boʻlishi kerak. (Universitetdagi eng oxirgi semestr baholari topshiriladi. Talaba 1-kurs boʻlsa, maktab, litsey yoki kollejdagi oxirgi yil baholarini topshiradi).
- Universitet professori/oʻqituvchisidan bitta tavsiyanoma. Bu tavsiyanomada nomzodning yetakchilik salohiyati va xarakteri xususiyatlari tasvirlanishi, shuningdek, nega ushbu nomzod dastur uchun kuchli talabgor ekani tushuntirilishi kerak. Tavsiyanomada tavsiya beruvchining email manzili va telefon raqami ham koʻrsatilishi kerak.
- Skanerlangan pasport yoki ID karta nusxasi.
Yuqoridagi hujjatlarning barchasi bitta elektron xabarda Tashkent-Program@state.gov elektron manziliga 2024-yil 20-oktabr, 18:00 ga qadar yuborilishi lozim. Elektron xabar mavzusiga (Subject) “Application for SUSI Young Women Leaders” deb yozilishi kerak.
Toʻliq boʻlmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
Savollar yuzasidan Tashkent-Program@state.gov elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.
Aynan shu dasturni qo’lga kiritib, AQSHda tahsil olib kelgan o’zbekistonlik talaba bilan suhbatni SHU YERDA o’qing.