×

AQSh: o’qituvchilar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi; joy – 40ta!


Grant

MUHLAT

14.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

6233 marta

O’rta maktab, kasb-hunar kolleji va akademik litsey o’qituvchilarining ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida Fulbright TEA dasturi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur umumiy 12-18 yoshlardagi o’quvchilarga dars beruvchi o’qituvchilar uchun mo’ljallangan.

Fulbright TEA Media Literacy dasturi o’qituvchilarda mediya savodxonligini yaxhsilash maqsadida tashkil etilgan. Bu dastur doirasida ham qatnashchilar AQSh oliygohlarida 6 hafta malaka oshirishda bo’ladilar. Dastur uchun 1 davlatdan (O’zbekiston, Ozarboyjon, Bosniya va Gersegoveniya, Bolgariya, Chexiya, Vengriya, Qozog’iston, Makedoniya, Ruminiya, Serbiya, Turkiya, Ukraina) jami 40 nafar qatnashchi qabul qilish rejalashtirilgan. Fulbright TEA Media Literacy dasturi 2020-yil bahori va kuzida bo’ladi va qatnashchi shu ikki mavsumdan birida malaka oshirishi  mumkin. Dastur davomida madaniy tadbirlar, seminarlar, trening va ma’ruzalar bo’ladi.

Ushbu dasturdan maqsad o’qituvchilar o’rtasida tajriba almashinuvini ta’minlash va ularning salohiyatini yaxshilash.

Grant kimlar uchun?

Maktab o’qituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Fulbright TEA Media Literacy dasturi to’liq grant hisoblanadi va uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • J-1 vizaga ko’mak;
  • Jo’nab ketishdan oldin O’zbekistonda o’tkaziladigan tayyorlov;
  • AQShga borish, kelish va mahalliy transport xarajatlari qoplanadi;
  • Dastur to’lovi to’lab beriladi;
  • Turar-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi;
  • Baxtsiz hodisa va kasallik uchun sug’urta qilib beriladi;
  • Kunlik xarajatlar uchun stipendiya beriladi;
  • Kasbiy rivojlanish uchun kerakli xarajatlarni qoplash uchun mablag’ ajratiladi;
  • Dastur so’nggida Vashingtonda o’tadigan tadbirda qatnashish imkoniyati;
  • Dasturdan qaytgach AQSh elchixonasi va maktablarining grant dasturlariga ariza berish imkoniyati.

Talablar:

Dasturga qabul talablari:

  1. Nozmod to’liq stavkada ishlovchi maktab o’qituvchisi bo’lishi kerak.
  2. Nomzodning maktabda dars o’tish bo’yicha kamida 5 yillik ish tajribasi bo’lishi kerak.
  3. Nomzod oliy ma’lumotga ega bo’lishi zarur.
  4. Nomzod TOEFL iBT’dan kamida 45-46 ball to’plagan bo’lishi zarur. Ariza berish vaqtida TOEFL imtihonidan o’tish shart emas, agar nomzod ilk saralashdan o’tsa unga fevral oyida TOEFL imtihoni tashkil etib beriladi.
  5. Nomzod dasturdan qaytgach maktabda ishini davom ettirishi kerak.
  6. Nomzod dasturga to’liq ariza bergan bo’lishi zarur.
  7. Dasturda boshlang’ich sinf o’qituvchilari ishtirok etishlari mumkin emas.
  8. The International Leaders in Education Program (ILEP), Edmund S. Muskie Graduate Fellowship Program, Partners in Education (PiE), Fulbright Teacher Exchange Program, and Fulbright Foreign Language Teaching Assistant Program dasturlarida ilgari ishtirok etgan nomzodlar Fulbright TEA Media Literacy dasturiga qabul qilinmaydi.
  9. Ilgari AQShdagi malaka oshirish dasturlarida ishtirok etgan nomzodlar AQShnign O’zbekistondagi elchixonasiga murojaat qilib dasturga ariza berishlari mumkin yoki yo’qligini so’rashlari zarur. Saralash jarayonida ilgari bunday dasturlarda qatnashmagan nozmodlarga ustunlik beriladi.

Nomzodga talablar

Fulbright TEA Media Literacy dasturiga quyidagi fan o’qituvchilari qabul qilinadi:

  1. Ingliz tili o’qituvchilari.
  2. Ona tili va adabiyot o’qituvchilari.
  3. Tarih, geografiya, huquqshunoslik kabi ijtimoiy fan o’qituvchilari.
  4. Matematika o’qituvchilari.
  5. Aniq fanlar (science) o’qituvchilari.
  6. Mediya (OAV), aloqalar jurnalistika va shu kabi boshqa fanlar o’qituvchilari.

Nomzod yuqoridagi sohalar bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lishi va ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak. Dasturda O’zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2019-yil 14-yanvarga soat 18:00ga qadar qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. IREX’ning qo’lda imzolangan “privacy policy” formasi.
  3. Nomzod ishlaydigan maktab tomonidan to’ldiriladigan “Institutional Support and Reference Form”.
  4. Nomzod ishlaydigan maktab direktori tomonidan nomzodning dastur uchun AQSHga jo’nab ketishi tasdiqlangan hujjat.
  5. Nomzod passportining 2-3-betlari nusxasi.

Hujjatlar elektron yoki qog’oz shaklida 2019-yilning 14-yanvaridan kechikmay topshirilishi kerak.

Elektron shakldagi hujjatlar Tashkent-ELP@state.gov emailiga yuboriladi.

Hujjatlarni qog’oz shaklida quyidagi manzilga topshirish kerak:

Fulbright TEA 2020 Program
Public Affairs Section
Embassy of the United States of America
3 Moyqorghon Street, 5th Block Yunusobod District
Tashkent, 100093 Uzbekistan

Savollar yuzasidan Tashkent-ELP@state.gov elektron manziliga “Fulbright TEA”  mavzusi ostida murojaat qilishingiz yoki AQShning O’zbekistondagi elchixonasining +998 78 120 5450, +998 78 140 2441 raqamlariga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!