×

AQSh: Qurilish yoʻnalishida bakalavriat va magistraturada oʻqishni istaganlar uchun 2500 AQSh dollar grant!


Grant

MUHLAT

05.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3109 marta

AACE Taʼlim boʻyicha Xalqaro Kengashi 2020-yilgi AACE International Scholarship dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant qurilish, loyihalash, biznesni boshqarish, kimyoviy mashina qurilishi, arxitektura, sanoat mashinalari qurilishi kabi sohalar boʻyicha Amerika Qoʻshma Shtatlarida tahsil olishni istagan talabalar uchun tashkil qilingan. Grant bir yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Qurilish sohasida bakalavriat va magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga bir yil 2500 AQSh dollari moddiy yordam beriladi.

Talablar:

Nomzodga quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlat vakillari ariza topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod kollejda kamida bir yil oʻqigan va 2020-yilning kuzidan akkreditatsiyadan oʻtgan AQSh universitetlaridan birining quyidagi yoʻnalishlardan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak:
  • Binolar qurilishi/Qurilishni boshqarish.
  • Biznesni boshqarish.
  • Mashinalar qurilishi (qishloq xoʻjaligi mashinalari, kimyoviy mashinalar, sanoat mashinalari qurilishi, arxitektura loyihalashtirish, mashina qurilishi, togʻ-kon ishi, elektrotexnika).
  • Geodeziya.
  1. Nomzod 4,0 ballik baholash tizimi boʻyicha kamida 3,0 ball koʻrsatkichga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar yuqoridagi sohalar boʻyicha AQSh universitetlaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga hujjat topshirish kerak. Keyin alohida grantga ariza beriladi. Grantga ariza topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Hozir qabul yopiq va u 2020-yil yanvarda ochiladi hamda taxminan mart oyi boshlarigacha davom etadi. Grantga ariza toʻldirish: shu yerda mavjud boʻladi.

Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, moliyaviy yordamga muhtojligi, salohiyati kabi mezonlarga koʻra amalga oshiriladi:

Grant natijalari 2020-yilning iyun-iyul oylarida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: info@aacei.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!