×

AQSh: Tadqiqot uchun 3000 AQSh dollar oylik stipendiya – borish-kelish xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

30.09.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2430 marta

AQShda joylashgan George Washington universitetining Markaziy Osiyo Dasturi doirasida tashkil etilgan Markaziy Osiyo-Ozarbayjon Hamkorlik Dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu dastur turli sohalarda mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar uchun mo’ljallangan bo’lib, undan maqsad mutaxassislarning o’z sohalarida yetakchi va islohotchi bo’lib yetishishlari uchun maxsus platforma yaratib bergan holda ularga kerak bo’ladigan tayyorlov dasturini tashkil qilish. Undan tashqari, dastur Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va AQShlik mutaxassislar o’rtasidagi g’oyalar almashinuvi va hamkorlikni rivojlantirishi rejalashtirilgan. Dastur qatnashchilariga 2019-yil 15-yanvardan 15-iyunga qadar 5 oy vaqt mobaynida George Washington Universitetida tadqiqot olib borishlari va seminar, trening, ma’ruza va shu kabi tayyorlov mashg’ulotlarida ishtirok etib, yetakchilik qobiliyatlari va tadqiqot qilish malakalarini oshirishlari uchun sharoit yaratib beriladi. Bu yilgi hamkorlik dasturining mavzusi: “Transformation of Media in Central Asia”. Dasturga 3 nafar qatnashchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqot olib borishni xohlovchi yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturga qabul qilingan mutaxassislarga oyiga 3000 AQSh dollari miqdorida stipendiya beriladi (stipendiyaga soliq solinishi mumkin) va ularning AQShga kelish va o’z yurtlariga qaytib ketishlari uchun ketadigan xarajatlari ham qoplab beriladi.

Talablar:

Dasturga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod O’zbekiston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston yoki Turkmaniston fuqarosi bo’lishi kerak.
  2. Nomzod ariza topshirish vaqtida yuqoridagi davlatlardan birida yashayotgan bo’lishi kerak.
  3. Dasturda olimlar, hukumat amaldorlari, siyosat ekspertlari, inson huquqlari faollari va boshqa sohalar bo’yicha yosh mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Ular o’z sohalari yetakchilari bo’lib yetishish, yangiliklar yaratish va tadqiqot qilish malakalarini oshirishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ygan bo’lishlari kerak.
  4. Nomzodlar oliy ma’lumotga ega va hozirda o’z sohalarida ishlayotgan bo’lishlari zarur.
  5. Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishlari kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Markaziy Osiyo- Ozarbayjon Hamkorlik Dasturi’da qatnashish uchun onlayn ariza berish kerak. Ariza to’ldirish jarayonida sizdan quyidagi hujjatlarni ham tizimga yuklash so’raladi:

  1. Fuqaro ariza topshirish vaqtida ko’rsatilgan davlatlardan birida (manzil ham kiritiladi) yashayotganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat.
  2. Motivatsion xat. Bu xat hajmi bir sahifadan oshmasligi va unda nomzodning bu dasturda qatnashishga qaror qilgani sabablari va dasturdan nimalarni kutayotgani yoritib berilishi kerak.
  3. Tadqiqot taklifi. Tadqiqot taklifining hajmi 3-5 sahifa bo’lishi zarur. Unda nomzod (a) o’zi taklif qilayotgan tadqiqot loyihasining dastur mavzusiga (Media Transformation in Central Asia) aloqadorligini ko’rsatishi; (b) loyihadagi asosiy masala, tadqiqot qilish jarayonida qo’llanilishi kutilayotgan usullar, ma’lumotlar va nazariy asoslarni va (c) mavzu va loyiha bo’yicha tavsiyalarni ko’rsatishi kerak.
  4. Tarjimai hol (CV)

Arizalarni 2018-yil 30-sentabrdan kechiktirmagan holda topshirish zarur.

Ma’lumot uchun rasmiy saytga tashrif buyurishingiz mumkin, u yerda hozirda dasturda tadqiqot olib borayotganlar va o’tgan yilgi dasturlar qatnashchilari haqida ma’lumotlarni ham topishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!