×

AQSh: Huquqshunoslik bo’yicha magistraturada o’qish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

01.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4544 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Delaver shtatida joylashgan Widener University Delaware Law School navbatdagi Delaware Law School Scholarship for International Liders dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu grant huquq boʻyicha magistratura dasturi (LLM)da oʻqishni istagan, yuqori salohiyatli lider talabalar uchun tashkil etilgan boʻlib, grant akademik yutuqlar hamda moliyaviy ehtiyojdan kelib chiqqan holda ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan talabalarga Widener University Delaware Law School LLM bosqichida tahsil olish uchun kontrakt to’lovi to’liq qoplab beriladi.

Grant yashash va boshqa qoʻshimcha xarajatlarni toʻlamaydi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod dastlabki huquqiy maʼlumotni AQSHdan tashqaridagi, ammo Amerika akademik talablariga mos keladigan oliy oʻquv yurti/oliy maktabda egallagan (huquq boʻyicha bakalavr darajasiga ega) boʻlishi kerak.
  2. Nomzod Widener University Delaware Law School magistraturasiga kirish uchun ariza topshirgan boʻlishi lozim.
  3. Nomzod LLM dasturi uchun qabul qilingan oʻrtacha 3,3 ball yoki shunga ekvivalent koʻrsatkichga ega boʻlishi shart.
  4. Nomzod TOEFL 83 ball yoki IELTS kamida 6,5 ball boʻlishi zarur.
  5. Nomzod AQSHda oʻqish ishtiyoqi, shuningdek, Oʻzbekistonda jamoatchilik ishlari, volontyorlik hamda liderlik bilan shugʻullangan boʻlishi kerak.
  6. Nomzod ogʻzaki va yozma muloqotni aʼlo darajada egallagan, notiqlik qobiliyati rivojlangan boʻlishi lozim. (Stipendiya komissiyasi bu talablarni suhbat (masofadan turib boʻlishi mumkin) va yozma esse orqali tekshiradi).
  7. Nomzoddan LSAT sertifikati soʻralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash quyidagi mezonlarga koʻra amalga oshiriladi:

  • akademik yutuqlari;
  • moliyaviy yordamga muhtojligi;
  • liderlik qobiliyati.

Dasturga qabul jarayoni:

Stipendiya dasturiga murojaat qilishdan oldin universitetga qabul uchun hujjat topshirish lozim. Hujjatlar yilda uch marta qabul qilinadi. Ayni vaqtda kuzgi dastur uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Dedlayn – 2020-yil 1-may.

Universitetga hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:

  1. Ariza topshirishning ikki xil yoʻli bor:

A) LLM Credential Assembly Service orqali;
B) ariza shaklini toʻldirib:

DelawareLawGICLS@widener.edu elektron manziliga yoki;

– 302-477-2067 raqamiga faks orqali yohud;

– Delaware Law School Graduate, International, Compliance, and Legal Studies 4602 Concord Pike Wilmington, DE 19803 manziliga oddiy pochta orqali joʻnatish mumkin.

  1. Ariza topshirish uchun 60 AQSh dollari boj toʻlash kerak.
  2. Rasmiy tasdiqlangan baholar varagʻi.
  3. Rezyume.
  4. Ikki betdan iborat shaxsiy ariza (bunda talabgorning kasbiy va taʼlimiy maqsadlari bayon etiladi).
  5. Ikkita tavsiyanoma.
  6. TOEFL (kamida 83 ball) yoki IELTS (kamida 6,5) sertifikati.
  7. F-1 immigratsiya statusini qoʻlga kiritish uchun moliyaviy hujjat taqdim etilishi kerak. Moliyaviy hujjat shakli: SHU YERDA.

Avstraliya, Beliz, Britaniya Karib orollari va Britaniya Gʻarbiy-Hindistoniya, Kanada (Kvebekdan tashqari), Angliya, Gayana, Irlandiya, Liberiya, Yangi Zelandiya, Shimoliy Irlandiya, Shotlandiya, AQSH va Uels davlatlaridan birida oʻqigan nomzodlar til imtihonlaridan ozod qilinadilar. Ular til imtihonidan ozod etish haqidagi hujjatni toʻldirishlari kerak boʻladi. Hujjat: SHU YERDA.

Toʻliq hujjatlar tarkibi: SHU YERDA.

Grantga ariza topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ariza toʻldirish: SHU YERDA.

Grant natijalari oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Delaware Law Graduate, International, Compliance, and Legal Studies Office
Telefon: +1.302.477.2780
Faks: +1.302.477.2067
Elektron pochta: DelawareLawGICLS@widener.edu

Onlayn bogʻlanish: SHU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!