×

AQShda huquq boʻyicha magistraturada o’qish uchun grant: kontrakt to’lovi to’liq qoplanadi


Grant

MUHLAT

01.11.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

17781 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Delaver shtatida joylashgan Widener University Delaware Law School oliygohi huquq sohasida magistratura va PhD bosqichini oʻqishni xohlovchi xalqaro nomzodlar uchun Delaware Law School Scholarship for International Liders grant dasturini taklif qiladi. Ushbu grant yuqori salohiyatli lider talabalar uchun tashkil etilgan boʻlib, grant akademik yutuqlar hamda moliyaviy ehtiyojdan kelib chiqqan holda ajratiladi.

Grant quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun taqdim etiladi:

Eslatma: Grant onlayn tarzda oʻqitiladigan LLM va MJ dasturlari uchun berilmaydi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar kontrakt pulini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Grant nomzodning oziq-ovqat, turar joy, darslik va boshqa xarajatlarini qoplamaydi. 1 oʻquv yilida kontraktdan tashqari xarajatlar (AQSHga qatnash, turar joy, oziq-ovqat, transport va hk) uchun 50 ming AQSH dollari atrofida mablagʻga ega boʻlish tavsiya etiladi.

Talablar:

Ushbu grantga AQSH fuqarolaridan boshqa barcha davlat fuqarolari ariza bera oladi.

Grantga nomzod boʻla olish uchun talabgorlar kamida quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:

  • MJ dasturi uchun:
    – Nomzod AQSH yoki boshqa davlatda olingan bakalavrlik darajasiga ega boʻlishi kerak. Bakalavriatni huquq boʻyicha oʻqigan boʻlish shart emas.
    – Bakalavriatdagi baholari oʻrtachasi (GPA) 4 lik tizimda kamida 3 ga teng boʻlishi kerak. Bu 100 ballik tizimda 75 ball degani.
    – Nomzod TOEFL 83 yoki IELTS 6.5 sertifikatiga ega boʻlishi kerak.
  • LLM dasturi uchun:
    – Nomzod AQSH yoki boshqa davlatda olingan bakalavrlik darajasiga ega boʻlishi kerak. Bakalavriatni huquqshunoslik sohasida oʻqigan boʻlish lozim.
    – Bakalavriatdagi baholari oʻrtachasi (GPA) 4 lik tizimda kamida 3 ga teng boʻlishi kerak. Bu 100 ballik tizimda 75 ball degani.
    – Nomzod TOEFL 83 yoki IELTS 6.5 sertifikatiga ega boʻlishi kerak.
  • SJD dasturi uchun:
    – Nomzod AQSH yoki boshqa davlatda olingan huquqshunoslik boʻyicha magistrlik darajasiga ega boʻlishi lozim.
    – Magistraturadagi baholari oʻrtachasi (GPA) 4 lik tizimda kamida 3,3 ga teng boʻlishi kerak. Bu 100 ballik tizimda 82,5 ball degani.
    – Nomzod TOEFL 94 yoki IELTS 7.0 sertifikatiga ega boʻlishi kerak.

Shuningdek, yuqoridagi barcha dasturlarga ariza topshirayotgan nomzodlar quyidagi mezonlarga mos boʻlishi lozim:

  • grantga ariza berishdan oldin MJ, LLM yoki SJD dasturiga ariza va kerakli hujjatlarning barchasini toʻliq topshirish kerak;
  • AQSHda oʻqishga ishtiyoqi baland boʻlishi, oʻz davlatida jamoat ishlari, volontyorlik va yetakchilik faoliyati bilan shugʻullangan boʻlishi kerak;
  • yuqori darajada ogʻzaki va yozma muloqot koʻrinmalariga ega boʻlish kerak; bu koʻnikmalar grant komissiyasi bilan boʻladigan onlayn suhbat va topshiriladigan yozma ish (insho) orqali tekshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Yuqorida keltirilgan dasturlar va grantga alohida-alohida ariza topshiriladi. Grantga topshirilgan ariza yuqoridagi magistrlik/PhD dasturlaridan biriga kerakli hujjatlar toʻliq topshirib boʻlingandan keyingina koʻrib chiqiladi.

Yuqoridagi dasturlarga yiliga 3 marta ariza qabul qilinadi. Har bir dastur uchun qabulning soʻnngi muddatlari quyidagicha:

  • LLM dasturi:
    – yozgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun – 1-mart;
    – kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun – 1-may;
    – bahorgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun – 1-noyabr.
  • MJ dasturi:
    – yozgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun – 1-may;
    – kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun – 1-avgust;
    – bahorgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun – 15-dekabr.
  • SJD dasturi:
    – yozgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun – 1-mart;
    – kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun – 1-may;
    – bahorgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun – 1-noyabr.

Har bir dasturga topshiriladigan hujjatlar roʻyxati va ariza topshirish jarayoni haqida quyidagi havolalar orqali batafsil tanishing:

Dasturlarga topshirishda 60 AQSH dollari miqdorida ariza topshirish haqi toʻlanishi kerak.

Grant uchun onlayn ariza BU YERDA toʻldiriladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!