×

User Experience Design Internship: talabalar uchun Google kompaniyasining Shveysariyadagi ofisida amaliyot!


Grant

MUHLAT

15.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

2217 marta

Google kompaniyasi tomonidan User Experience Design Intern, 2021 amaliyot dasturi e’lon qilindi. Amaliyot Grafik dizayn, inson bilan kompyuterning o’zaro aloqasi (HCI), informatika (Graphic Design, Human-Computer Interaction (HCI), Computer Science) va shunga yaqin sohada bakalavr kursida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan.

Amaliyotchi Google kompaniyasi mahsulotlarini user experience (UI) jihatdan rivojlantirish bo’yicha amaliyot o’tashi rejalashtirilgan. Amaliyot Shveysariyaning Tyurix (Zurich) shahrida bo’ladi. Amaliyot o’rinlari uchun veb va mobil platformalar dizayni bo’yicha chuqur bilimga ega, iqtidorli talabalar taklif qilingan. Hujjat topshirish uchun talabadan veb va mobil dizayn bo’yicha bilimlarini ko’rsatuvchi dizayn portfoliosi talab qilinadi.

Amaliyotchilarga quyidagi vazifalar beriladi:

  • Vizual dizayn tili yoki tovar ko’rsatmalarini aniq aks ettiradigan dizaynlarni ishlab chiqish.
  • Mahsulot, muhandislik va vizual dizayn guruhi a’zolari bilan mahsulotning funksional imkoniyatlari maketlarni ishlab chiqish va sinovdan o’tkazish.
  • Tadqiqot

Grant kimlar uchun?

Talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot dasturiga qabul qilingan talabalar dunyoning eng nufuzli muhandislik kompaniyasida tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu amaliyot dasturida qatnashish nomzodning kelajakdagi ishlarida ham katta yordam beradi – CV uchun foydali qo’shimcha bo’ladi.

Amaliyot dasturining moliyaviy manfaatlari haqida rasmiy e’londa ma’lumot berilmagan. Buni aniqlashtirish uchun Google kompaniyasi bilan e-mail orqali bog’lanishingiz mumkin.

Talablar:

  • Nomzod oliy ta’lim muassasasida talaba bo’lishi kerak.
  • Nomzod veb va mobil platformalar dizaynini yaxshi bilishi kerak.
  • Google – kompyuter muhandisligi kompaniyasi. Amaliyotchi muhandislik bo’yicha eng muhim bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi shart.
  • Nomzod ingliz tilini bilishi zarur.
  • Nomzod amaliyotdan keyin o’qishi joyiga qaytishi kerak, ya’ni, imkon qadar o’qishi tugashidan ancha oldin qatnashishi kerak.
  • Nomzod UI bo’yicha amaliyot, ish yoki darsdan tashqari mashg’ulotlar tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod Adobe Photoshop, Sketch, Illustrator, After Effects, Quartz Composer, Framer Studio kabi dasturlarni va front-end muhandisligini yaxshi bilishi, muhandislarga yordamlashib ishlar olishi kerak.
  • Nomzod foydalanuvchiga qaratilgan (user-centered) dizayn prinsiplarini, brendning vizual elementlarini amalda qo’llashni bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar bu yerda 15-fevralgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirishda rezyume talab qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!