×

USI: Bakalavriat kurslarida italyan va ingliz tilida oʻqish uchun toʻliq grantlar; joy – 20 ta!


Grant

MUHLAT

30.04.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

6954 marta

Shveytsariyada joylashgan Lugano universitetidagi (Università della Svizzera italiana, USI) 4 ta bakalavrlik kursidan birida 2022-yilning kuzgi semestridan oʻqishni boshlashni xohlovchi nomzodlarga 20 ta toʻliq grant taklif etmoqda. Mazkur grantlar quyidagi kurslarning har biri uchun 5 tadan taqsimlanadi:

Universitetdagi bakalavriat kurslarida oʻqish 3 yil davom etadi.

Lugano universteti (USI) dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, mazkur universitet, 2022-yil mart oyi holatiga koʻra, QS reytingi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 240-oʻrinni egallab turibdi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mazkur grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar 1-oʻquv yilida kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod etiladi. Keyingi yillarda ham kontrakt summasidan toʻliq ozod etilishi uchun nomzod yangi oʻquv yili boshlanishidan oldin barcha imtihonlardan oʻtishi va uning oʻzlashtirish koʻrsatkichi kamida 10 lik tizimda 8 ball boʻlishi lozim.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi lozim:

  • Istalgan davlat fuqarosi topshira oladi.
  • Nomzodning bakalavriatga topshirgunicha olgan baholarining oʻrtachasi 100 ballik tizimda 85% dan kam boʻlmasligi lozim.
  • Nomzod oʻrta / oʻrta maxsus taʼlim muassasasini 2022-yilda tamomlagan boʻlishi / tamomlashi kerak.
  • Nomzod yuqorida keltirilgan bakalavrlik kurslaridan biriga ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak. Mazkur bakalavrlik kurslariga qabulning oxirgi sanasi – 2022-yil 30-aprel.

Grantlar talabalarga akademik koʻrsatkichlari (oʻzlashtirish koʻrsatkichlari) va moliyaviy jihatdan yordamga muhtojligi asosida taqdim etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Avvalo, nomzod yuqorida keltirilgan bakalavrlik kurslaridan biriga qabul qilinishi lozim. Qabul xatida grantga onlayn ariza topshirish uchun havola ham yuboriladi. Grant arizasini 2022-yilning 31-iyuliga qadar topshirish lozim. Natijalar 2022-yilning 16-avgustida eʼlon qilinadi.

MUHIM: bakalavrlik kurslariga qabul sanasi grantga ariza topshirish sanasidan 2 oy oldin, yaʼni 2022-yil 30-aprelda nihoyasiga yetadi. Shu sababli bakalavrlik kurslariga imkon qadar ertaroq hujjat topshirgan maʼqul.

Koʻrsatilgan bakalavriat kurslarida tahsil olish uchun nomzod italyan yoki ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishini isbotlovchi sertifikat topshirishi kerak.

Bakalavriatga hujjat topshirish uchun 100 CHF (taxminan 109 AQSH dollari) ariza badali toʻlash kerak.

Bakalavrlik kurslariga qabul talablari, jarayoni, kerakli hujjatlar roʻyxati va boshqalar bilan tanishish uchun tegishli kursning veb-sahifasiga tashrif buyuring:

Yuqoridagi grantlar haqidagi rasmiy eʼlonlarni BU YERDAN (Call) topasiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!