×

USI: Magistraturada oʻqish uchun qisman grantlar; joy – 20 ta!


Grant

MUHLAT

30.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

2263 marta

Shveytsariyada joylashgan Lugano universiteti (Università della Svizzera italiana, USI) universitetdagi magistrlik yoʻnalishlaridan birida 2021-yilning kuzgi semestridan oʻqishni boshlashni xohlovchi nomzodlarga 60 ta qisman grant taklif etmoqda. Mazkur grantlarning 20 tasi Shveytsariya universitetlarini bitirgan nomzodlarga, 20 tasi Italiya universitetlarini bitirgan nomzodlarga va 20 tasi boshqa istalgan davlat universitetlarini bitirgan nomzodlarga taqdim etiladi. Universitetdagi magistratura kurslarida oʻqish 2 yil davom etadi.

Grant universitetda mavjud istalgan magistrlik yoʻnalishida oʻqish uchun taqdim etiladi.

Lugano universteti (USI) dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, mazkur universitet, 2021-yil mart oyi holatiga koʻra, QS reytingi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 273-oʻrinni egallab turibdi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olganlarga kontrakt summasidan 4000 CHF (taxminan 4324 AQSH dollari) miqdorida chegirma taqdim etiladi.

Ayrim yoʻnalishlarda 1 yillik kontrakt summasi 4000 CHF, baʼzi yoʻnalishlarda esa 8000 CHF.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod universitetdagi Informatika fakultetining magistratura kurslaridan biriga 2021-yil sentabrda oʻqishni boshlash uchun  qabul qilinishi kerak.
  2. Nomzod 2021-yil 31-iyulgacha bakalavrlik darajasini qoʻlga kiritishi kerak (barcha imtihonlardan oʻtib, diplom ishini himoya qilib boʻlgan boʻlishi lozim).
  3. Nomzodning bakalavr bosqichidagi GPA ko’rsatkichi kamida 80/100 boʻlishi kerak. Bu 100 ballik tizimda oʻrtacha baholar kamida 80% boʻlishi kerakligini anglatadi.

Grantlar talabalarga akademik koʻrsatkichlari (bakalavrlik bosqichidagi oʻzlashtirish koʻrsatkichlari) va moliyaviy jihatdan yordamga muhtojligi asosida taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritgan nomzodlardan ularni talabalikka qabul qilish uchun maʼlum miqdordagi summani depozit sifatida universitet hisobiga oʻtkazish soʻraladi. Bu pul keyinchalik chegirmadan keyin qolgan kontrakt summasini qoplashga sarflanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza onlayn tarzda topshiriladi. Onlayn ariza uchun havola talabaga magistrlik kursiga qabul qilinganlik haqidagi xatda yuboriladi. Ushbu ariza 2021-yilning 31-iyul kunidan kechiktirmasdan topshirilishi lozim. Grant gʻoliblari 2021-yilning 16-avgustida eʼlon qilinadi.

MUHIM: Grantga ariza topshira olish uchun avvalo tegishli magistratura kurslaridan biriga qabul qilinishingiz kerak. Aksariyat magistratura kurslariga qabul 2021-yilning 30-apreliga qadar davom etadi. Nomzodlarga imkon qadar ertaroq hujjat topshirish tavsiya etiladi.

Shuningdek, universitetda italyan tilidagi magistratura kurslarida oʻqimoqchi boʻlganlardan italyan tilini bilishi haqidagi sertifikat soʻralishi mumkin.

Ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslariga topshirmoqchi boʻlgan nomzodlardan ingliz tili malakasi sertifikati soʻraladi. Ingliz tilidagi magistrlik kurslarining deyarli barchasida kamida IELTS 5.5 yoki shu darajaga teng boshqa xalqaro til malakasi sertifikati soʻraladi.

Magistraturaga hujjat topshirish uchun 100 CHF (taxminan 108 AQSH dollari) ariza badali toʻlash kerak.

Magistratura kurslariga qabul talablari, kerakli hujjatlar va boshqalar bilan kerakli magistrlik kursini tanlash orqali batafsil tanishishingiz mumkin. Barcha magistrlik kurslari BU YERDA keltirilgan.

MUHIM: Grantning taqdim etilish tartibi va shartlari bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!