×

Utrecht Excellence Scholarship (UES): Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

01.02.2025

QOLGAN VAQT

111 kun

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

6740 marta

Gollandiyada joylashgan Utrecht universiteti xalqaro magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi va Yevropa Ittifoqi hamda Yevropa iqtisodiy hududi tarkibiga kirmaydigan davlatlar fuqarosi boʻlgan iqtidorli nomzodlarga Utrecht Excellence Scholarship (UES) grant dasturini taklif etadi. Ushbu grantlar Utrecht universitetidagi koʻplab magistrlik dasturlari uchun (lekin barchasi uchun emas) taqdim etiladi.

Aynan qaysi magistrlik dasturlari uchun UES granti taklif etilishini bilish uchun: universitetdagi magistrlik dasturlari sahifasiga kiriladi > kerakli magistrlik dasturi tanlanadi > “Tuition fees and financial support” boʻlimi tanlanib, ushbu grant taklif etilishi yoki yoʻqligi koʻrib olinadi.

Grantlar 2025-yil 1-sentabrdan oʻqishni boshlash uchun taqdim etiladi.

Maʼlumot uchun: Utrecht universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2024-yil oktabr oyi holatiga koʻra, ushbu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 105-oʻrinni egallab turibdi (QS reytinggi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biri bilan taqdirlanadi:

  1. Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
  2. Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi hamda 1 yil uchun yashash ruxsatini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ taqdim etiladi.

Universitetda 1 yillik va 2 yillik magistrlik dastutrlari mavjud. 2 yillik magistrlik dasturlarida grantni ikkinchi yilga ham uzaytirish mumkin.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Oʻzi tamomlagan yoki tamomlayotgan bakalavriat dasturidagi guruhida eng yaxhi 10% talaba tarkibiga kirish kerak.
  • Yevropa Ittifoqi/Yevropa iqtisodiy hududi tarkibiga kiruvchi davlatlardan birining fuqarosi boʻlmasligi va Gollandiyaning oʻqish grantlari hamda kreditlari tizimidan moliyaviy yordam olish huquqiga ega bʻlmasligi kerak (Oʻzbekiston fuqarolari bu talablarga mos).
  • Oʻrta taʼlim muassasasi va / yoki bakalavriatni Gollandiyadan boshqa davlatda tamomlagan boʻlishi / oʻqish boshlangunicha tamomlashi kerak.
  • Universitetda UES granti taklif etiladigan xalqaro magistrlik dasturlaridan biriga 2025-yil 1-sentabrdan oʻqishni boshlash uchun ariza berishi kerak. Aynan qaysi magistrlik dasturlari ushbu grantni taklif etishini yuqorida koʻrsatilganidek tekshirib oling.

Eslatma: Har bir magistrlik dasturining ham oʻz qabul talablari mavjud va aksariyat xalqaro magistrlik dasturlari ingliz tilida oʻqitiladi. Bu talablar bilan batafsil tanishish uchun BU YERDA kerakli magistrlik dasturini tanlab, uning sahfasiga kirishingiz va maʼlumotlarni oʻqib chiqishingiz kerak.

Grant uchun nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • Tanlangan taʼlim sohasidagi akademik sifat va istiqbol; bu magistratura dasturiga topshirilgan arizani baholash orqali aniqlanadi.
  • Yuqori akademik koʻrsatkich; yuqori akademik koʻrsatkich nomzod oʻzi tamomlayotgan bakalavrlik guruhidagi eng yaxshi 10% talabalardan biri ekanligi orqali isbotlanishi kerak (quyidagi hujjatlardan biri yordamida: guruhdagi reyting sertifikati, fanlar va baholar hamda GPA (oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi) koʻrsatilgan baholar hujjati yoki universitet tomonidan muhrlangan va imzolangan talabaning eng yaxshi 10% talabalar tarkibiga kirishini tasdiqlovchi bayonot/tavsiyanoma).
  • Magistrlik dasturiga topshirilgan motivatsiya xati sifati (akademik kontenti, madaniyatlararo va muloqot koʻnikmalari hamda shaxsiy motivatsiya).
  • Magistrlik dasturiga topshirilgan arizaning sifati (toʻliqligi, aniqligi va uygʻunligi).

Dasturga qabul jarayoni:

UES grantiga arizalar 2024-yil 1-noyabrdan 2025-yil 1-fevralga qadar qabul qilinadi. Nomzod dastlab tegishli magistlik dastur(lar)iga biriga ariza topshirishi kerak. Shundan soʻng Osiris onlayn ariza tizimidagi shaxsiy kabinetingizda bitta Utrecht Excellence Scholarship grantiga ariza topshirish tanlovi paydo boʻladi. Shundan soʻng, UES grantiga ariza berish uchun kerakli magistrlik dasturidagi “view/edit” tugmasi bosiladi hamda mavjud savollarga javob berilib, eng yaxshi 10% talaba safiga kirishni tasdiqlovchi hujjat yuklandi. Soʻng grant arizasi topshiriladi (submit).

Magistratura dasturlariga ariza topshirish jarayoni haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant eʼloni bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!