×

UTSIP Kashiwa: talabalar uchun Yaponiyada amaliyot dasturi – bepul turar joy va 1062 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

3698 marta

Yaponiyada joylashgan University of Tokyo tomonidan tashkil etilgan The University of Tokyo Summer Internship Program in Kashiwa (UTSIP) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dastur 6 haftalik yozgi amaliyot dasturi bo’lib, ishtirokchilarga aniq fanlar hamda ijtimoiy fanlar bo’yicha turli mavzularda amaliy tadqiqot olib borish imkonini beradi. Amaliyot dasturi 2021-yil 6-iyundan 16-iyulgacha Tokiyo universiteti hududida bo’ladi va unga bakalavr bosqichi talabalari qabul qilinadi. Talabalar o’zlari tanlagan mavzuda tadqiqot o’tkazilayotgan laboratoriyalarga biriktirilib, tadqiqot olib borish bilan birga taniqli olim va tadqiqotchilarning ma’ruzalarida qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Dasturda ko’ngilochar va qiziqarli boshqa mashg’ulotlar ham mavjud. 

Amaliyot dasturi davomida quyidagi mavzularda tadqiqot laboratoriyalariga ariza berish mumkin:

Division of Transdisciplinary Sciences

  • Advanced Materials Science
  • Advanced Energy
  • Complexity Science and Engineering

Division of Biosciences

  • Integrated Biosciences
  • Computational Biology and Medical Sciences

Division of Environmental Studies

  • Ocean Technology, Policy, and Environment
  • Environment Systems
  • Human and Engineered Environment Studies
  • Socio-cultural Environmental Studies
  • International Studies
  • Graduate Program in Sustainability Science.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar turar joy bilan ta’minlanadi (majburiy) va 110 000 yen (1062 AQSh dollari) bilan ta’minlanadi.  Boshqa xarajatlar, shu jumladan, aviachiptalar uchun moliyaviy yordam ajratilmaydi. 

Talablar:

  • Nomzod bakalavr bosqichida o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS, TOEFL kabi sertifikatlari bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Avvaliga mavjud laboratoriyalar ro’yxatidan o’zingiz qatnashishni xohlagan 3 ta laboratoriya tanlang.
  2. Bu yerda onlayn ariza to’ldiring. Arizani 2021-yil 1-fevralgacha topshirish kerak. Natijalar 1-4 mart kunlari e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  • Motivatsion insho
  • CV
  • Baholar
  • Tavsiyanoma
  • Talabalikni tasdiqlovchi hujjat
  • IELTS/TOEFL sertifikati
  • Pasport nusxasi
  • Fotosurat.

Savollaringiz bo’lsa, bu yerga bosing. UTSIP amaliyot dasturining o’tgan yillarda qanday o’tkazilgani haqidagi ma’lumot bu yerda berilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!