×

«UWED MUN 2018» talabalar anjumani


Grant

MUHLAT

15.04.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

6445 marta

Joriy yilning 11—13-may kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti navbatdagi «Model United Nations» anjumaniga mezbonlik qiladi.

Anjuman mamlakatning turli universitetlaridan kelgan ilg‘or talabalarni bir joyga jamlaydi.

«Model United Nations» — yoshlar anjumani bo‘lib, unda qatnashchilar BMT faoliyatini simulyasiya qilgan holda o‘zlarining diplomatiya va xalqaro munosabatlar sohasidagi bilimlarini mustahkamlaydilar.

Anjuman qatnashchilari tashkilotchilar tomonidan taklif etilgan BMT qo‘mitalarining biridagi a’zo-davlat delegati sifatida ishtirok etadilar va muzokaralar davomida o‘sha davlat manfaatlarini himoya qiladilar.

Grant kimlar uchun?

oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarining talabalari

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

MUNda ishtirok etish  tanqidiy fikrlash, jamoaviy ishlash va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, omma oldida nutq so’zlash, bahslashuv va yozish qobiliyatlarini sezilarli darajada rivojlantiradi. Modelga tayyorgarlik va ishtirok etishda siz xalqaro munosabatlar muammolarini, BMT faoliyati va xalqaro huquq tamoyillarini o’rganasiz.

Talablar:

  • rasmiy saytda delegat sifatida ro’yxatdan o’tish;
  • tayyorgarlik tadbirlarida ishtirok etish;
  • Anjuman davomida rasmiy kiyimda bo’lish;
  • Muhokamalarda faol ishtirok etish.

Dasturning boshlanishi:

2018-05-11

Dasturning tugashi:

2018-05-13

Dasturga qabul jarayoni:

Ko’pgina konferensiyalarga singari,  UWED MUNda ham har bir delegatsiya o’z yo’nalishi bayon etilgan hujjatni(Position paper) taqdim etishi kerak, bu sizning delegatsiyangizda muhokama qilinadigan mavzular bo’yicha mamlakat siyosatini batafsil bayon etishi lozim. «Position paper»ni yozish sizning fikringizni tashkillashtirishga yordam beradi, shunda siz o’zingizning mamlakatingizning pozitsiyasini qo’mitaning boshqa a’zolari bilan bo’lishishingiz oson bo’ladi.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti

Rasmiy bog'lanish ma'lumotlari:

Telegram kanal: https://t.me/uwedmun2018

UWED MUN njumani Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetining bir guruh tashabbuskor talabalari tomonidan 2005-yilda tashkile tilgan bo’lib, shundan buyon muntazam har yili o’tkazilib kelinmoqda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!