×

UzTEA – haq to’lanadigan amaliyot dasturi


Grant

MUHLAT

30.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

5158 marta

Uzbekistan Teachers of English Assosiation (UzTEA) O’zbekistondagi ingliz tili o’qituvchilari birlashmasi bo’lib, tashkil etilganidan bugungi kunga qadar O’zbekistonda ingliz tili ta’limi sifatini oshirish hamda ingliz tili o’qituvchi va o’rganuvchilarini qo’llab-quvvatlash maqsadida qator tadbirlar va dasturlar tashkil etib keladi. Hozirda UzTEA amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Kelajakda ingliz tili o’qituvchisi bo’lish yoki ushbu sohaga aloqador faoliyat olib borishni rejalashtirayotgan yoshlar, yoki o’z malakasini oshirish niyatidagi o’qituvchilar dasturda qatnashish orqali tajriba orttirishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha ko’ngillilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyotchilarga KPI (Key performance indicator) ko’rsatkichlariga ko’ra haq to’lanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga qabulning birinchi qismida faqat onlayn ariza to’ldiriladi va bu arizaning kerakli qismlariga:

  1. CV va
  2. Motivatsion xat kiritiladi.

UzTEA maliyot dasturiga amaliyotchilarni saralash uch bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Onlayn ariza topshirish (30-maygacha). Bu bosqichda barcha ko’ngillilar onlayn ariza formasini ingliz tilida to’ldirishlari kerak bo’ladi.
  2. Keyingi bosqichda arizalari qabul qilingan nozmodlar suhbatdan o’tishlari kerak bo’ladi (2-3-iyun).
  3. Suhbatdan muvaffaqqiyatli o’tgan 15 nafar nomzod 4-8-iyun kunlari o’tkaziladigan mahsus Continuous Professional Development (CPD) tayyorlov dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Bu tayyorlov kursi final bosqich hisoblanadi va 10 nafar amaliyotchi saralab olinadi va ularga KPI (Key performance indicator) ko’rsatkichlariga ko’ra haq to’lanadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!