×

V Reality Open Call: VR, AR yoki MR g’oyalari tanlovida ishtirok eting va 8 421 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

15.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1098 marta

Janubiy Koreyadaning Nexon Computer Museum nomli muzeyi tomonidan tashkil etilgan V Reality Open Call tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlovda Virtual Reality (virtual reallik) va Augmented Reality (kengaytirilgan reallik), Mixed Reality (aralashgan reallik) kabi yo’nalishlardagi ish namunalari bilan ishtirok etish mumkin. Tanlov doimiy bir-biriga bog’lanib turgan, va shu bilan birga, bir-biridan alohida hisoblangan haqiqiy hayot va virtual reallikni birlashtiruvchi eng yaxshi ishlarni taqdirlash uchun tashkil etilgan.

Grant kimlar uchun?

VR, AR va MR dasturchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sovrinlar:
• Eng yaxshi va innovatsion VR, AR yoki MR materiali uchun beriladigan asosiy sovrin 10 000 000 von (8 421 AQSh dollari);
• SK Telecom maxsus sovrini hamda 1-o’rin egasi uchun 5 000 000 von (5 210 AQSh dollari),
• Hamda ikki nafar 2- o’rin egalarining har biriga 1 000 000 von (842 AQSh dollari) pul mukofotlari taqdim etiladi.
• Undan tashqari, birinchi bosqichdan o’tgan barcha jamoalarga Oculus Go sovg’a qilinadi.

Talablar:

• Tanlovda istalgan ishtirokchi ishtirok etishi mumkin.
• Tanlovga VR, AR va MR bo’yicha ishlangan materiallar qabul qilinadi. Bunda ishtirokchilarning ijodkorlik qobiliyatiga asosiy e’tibor qaratiladi, shuning uchun tanlovga butun kreativlikni ishga solgan holda, g’oyani hozirgi kun texnologiyalari amalga oshira olishi yoki olmasligidan qat’iy nazar, eng qiziqarli ishlarni topshirish zarur.
• Tanlovda yakka tartibda yoki guruh bo’lib ishtirok etiladi.
• Tanlovga taqdim etilgan ishlar istalgan janr, mavzu yoki platformada bo’lishi mumkin. Ular VR, AR yoki MR mahsulotlari bo’lsa, kifoya.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 15-sentyabrgacha bu yerda topshiriladi. Natijalar 10-noyabrda e’lon qilinadi, taqdirlash marosimi haqidagi ma’lumotlar ham rasmiy veb sayt orqali ma’lum qilinadi. Barcha shartlar va batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!