×

Velosiped ishqibozlari uchun tanlov: shved velosipedlari uchun dizayn yarating va o’zingiz yaratgan dizayndagi velosiped yutib oling!


Grant

MUHLAT

09.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1517 marta

Shveytsariya velosanoatida muhim o’rin tutgan OPEN Cycle va DT Swiss kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan Ready to Paint dizayn tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.Tanlovdan maqsad ushbu kompaniyalar ishlab chiqarayotgan velosipedlar va velosiped qismlariga o’ziga xos ko’rinish berish va buning uchun iqtidorli va ijodkor ishtirokchilarning g’oyalaridan foydalanish. Tanlovda barcha velosiped dizayni bo’yicha o’z g’oyalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda g’olib chiqqan eng yaxshi dizayndan OPEN va DT Swiss markali velosiped qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Grant kimlar uchun?

barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Tanlovda 20 ta g’olib aniqlanadi. G’olib chiqqan barcha dizaynlar maxsus bukletga jamlanib, ommaga taqdim etiladi. Undan tashqari, dizaynlar namoyishi uchun maxsus ko’rgazma ham tashkil etiladi. G’oliblar orasida 1-3 o’qin egalari Shveytsariyaga ko’rgazma va taqdirlash marosimiga taklif etiladi.
  • 1-20 o’rin sohiblariga umumiy qiymati 10 000 yevroga teng mukofotlar taqsimlanadi.
  • 1-o’rin sohibiga to’liq yig’ilgan OPEN markali shved velosipedi sovg’a qilinadi. Velosiped tanlovda g’olib chiqqan dizayn bo’yicha ishlab chiqariladi.
  • 2-o’rin sohibiga yuqori sifatli DT Swiss g’ildiraklar to’plami taqdim etiladi.
  • 3-o’rinni olgan ishtirokchiga poyga velosipedi formasi

Talablar:

Tanlovda barcha yoshdagilar va dunyoning istalgan davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ariza berishning so’nggi kuni 2020-yil 9-avgust.

Tanlov ishtirokchisining arizasi 4 qismdan iborat bo’lishi kerak:

  1. Template_Artek chair (o’rindiq dizayni alohida faylda);
  2. Template_OPEN Cycle bicycle frame (velosipedning asosiy dizayni);
  3. Template_DT Swiss wheelset (g’ildiraklar ramasi dizayni);
  4. Template_bicycle jersey (sportchining formasi).

Ushbu dizaynlarni yaratish uchun bu yerdagi to’plamda barcha shakl va namunalar berilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchi bu hujjatda ko’rsatilgan namunaga (shablon) muvofiq holda velosiped ramkasi, g’ildiraklar uchun krujka, o’rindiq va velopoygachi formasi dizaynlarini yaratib, har birini alohida hujjat sifatida saqlashi kerak. Bundan ikkita namuna ko’rsatilgan bo’ladi, ulardan bittasini tanlab olib, foydalanish zarur. Barcha namunalar, tanlov shartlari va boshqalar bu hujjatda jamlangan. Hujjatda “Template_OPEN Cycle bicycle frame (MIN.D).pdf” nomli faylda oddiy (road bike) velosiped uchun namuna chizilgan. “Template_OPEN Cycle bicycle frame (UP).pdf” nomli faylda esa noqulay sharoitlar uchun moslashtirilgan (gravel bike) velosiped uchun namuna ko’rsatilgan. “Template_DT Swiss wheelset” faylida g’ildirak dizayni uchun 3 ta shakl chizilgan, ulardan faqat bittasidan foydalanish kerak.

Arizani qanday topshirish va fayllarni nomlash masalalari bo’yicha batafsil ma’lumot bu yerdagi ZIP fayldagi  “EN_01_ReadyToPaint_Description of the competition.pdf” nomli hujjatda to’liq ko’rsatilgan. Ariza topshirishda shu hujjat bilan to’liq tanishib chiqing.

Murojaat uchun JLehmann@dtswiss.com elektron manziliga xabar yo’llang.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!