×

Vengriya: Xalqaro biznes maktabida bakalavrlar uchun grant dasturi!


Grant

MUHLAT

30.04.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

3390 marta

Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan Xalqaro biznes maktabi (International Business School) bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun kontrakt pulining ma’lum qismini to’lab berish va shu orqali iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab quvvatlash dasturini yo’lga qo’ygan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Xalqaro biznes maktabi bakalavrlarga ikki xil iqtisodiy ko’mak dasturini taqdim etadi:

1-dastur: The IBS Starter Scholarship – Bakalavr bosqichiga yangi qabul qilinganlar uchun dastur. Ushbu dasturga ko’ra, agar nomzod universitetga qabul qilish talablariga to’la mos kelsa va bakalavr sifatida universitetga qabul qilinsa, birinchi o’quv yilida nomzod to’lashi kerak bo’lgan kontrakt pulining 50 foiz miqdori universitet fondlari tomonidan to’lab berilishi mumkin. Ushbu oliy ta’lim muassasasi bakalavr bosqichida o’qsih muddati – 3 yil.

2-dastur: IBS Academic scholarship. Ushbu dastur oldingi semestrning baholari va darslarni o’zlashtirish darajasiga qarab, talabalarga uch xil kategoriyadagi iqtisodiy ko’makni taqdim etadi.

 

1-kategoriya – Keyingi semestr kontrakt pulining 75 foizidan ozod qilishni nazarda tutadi. Ushbu stipendiyali dasturga ariza topshirish uchun talaba o’tgan semestr davomida quyidagi ko’rsatkichlarni qayd etgan bo’lishi lozim:

  • Talaba o’zi o’qiyotgan bakalavrlik dasturidagi modullar (fanlar) ning kamida 80 foizida qatnashgan bo’lishi lozim.
  • Talaba barcha kurs ishlari va imtihonlardan kerakli ballarni olgan bo’lishi lozim.
  • O’tgan semestrdagi fanlardan olingan baholarning o’rtachasi maksimal ballning 75 foizidan kam bo’lmasligi kerak.
  • Talaba birorta imtihonda yiqilib, qayta topshirmagan bo’lishi kerak.
  • Hech qaysi fandan yakuniy baholar 70 foizdan past bo’lmasligi kerak.

2-kategoriya – Keyingi semestr kontrakt pulining 50 foizidan ozod qilishni nazarda tutadi. Ushbu stipendiyali dasturga ariza topshirish uchun talaba o’tgan semestr davomida quyidagi ko’rsatkichlarni qayd etgan bo’lishi lozim:

  • Talaba o’zi o’qiyotgan bakalavrlik dasturidagi modullar (fanlar) ning kamida 80 foizida qatnashgan bo’lishi lozim.
  • Talaba barcha kurs ishlari va imtihonlardan kerakli ballarni olgan bo’lishi lozim.
  • O’tgan semestrdagi fanlardan olingan baholarning o’rtachasi maksimal ballning 75 foizidan kam bo’lmasligi kerak.
  • Talaba birorta imtihonda yiqilib, qayta topshirmagan bo’lishi kerak.
  • Ko’pi bilan ikkita fandan yakuniy baholar 70 foizdan past bo’lishi mumkin, qolgan fanlardan 70 foizdan past bo’lmasligi kerak.

Talablar:

  • Nomzod 18-25 yosh oralig’ida bo’lishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi lozim (IELTS yoki TOEFL). IELTS overall band score 6.5 (with at least 6.0 in each component) or TOEFL 90 iBT (the certificate should not be older than 2 years).

Topshirish talab etiladigan xujjatlar:

Litsey/kollej diplomi, fanlardan olgan baholar ro'yxati (ingliz tilida), Pasport nusxasi, Motivatsiya xati, IELTS yoki TOEFL sertifikati nusxasi

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod, dastlab, Xalqaro biznes maktabidagi bakalavrlar uchun mo’ljallangan dasturlarni birini tanlab, ushbu dasturga ariza topshirishi va kerakli hujjatlarni topshirshi lozim (olayn tarzda amalga oshiriladi). Bakalavrlik yo’nalishlarini tanlash va ariza topshirish uchun SHU YERNI bosing. Shuningdek, bir vaqtning o’zida nomzod scholarship@ibs-b.hu e-mail manziliga «The IBS Starter Scholarship» dasturiga topshirmoqchi ekanligini yozishi lozim. So’ng, ushbu stipendiyali dasturga qabul qilinganlik haqida yoki qabul qilinmaganlik haqida ma’lum vaqtda nomzodga xabar qilinadi. Nomzod ushbu stipendiyali dasturga qabul qilingacha, 2018-yilning 31-mayiga qadar kontrakt pulining qolgan 50 foizini to’lashi lozim (50 foizi universitet tomonidan qoplanadi).

Eslatma: Ushbu dastur faqat 1-o’quv yili uchun amal qiladi. Qolgan 2 yillik o’qish muddati uchun kontrakt puli talabaning o’zi tomonidan qoplanadi yoki talaba boshqa stipendiyali dasturga topshirish orqali keyingi yillar uchun ham kontrakt pulining ma’lum qismidan ozod qilinishi mumkin (Qarang: IBS Academic Scholarship).

Grant e'lon qilgan tashkilot:

International Business School

Rasmiy bog'lanish ma'lumotlari:

scholarship@ibs-b.hu

IBS Academic Scholarship dasturiga 1-o’quv yilining 2-semestridan ariza topshirish mumkin. Lekin 1-kurs bakalavr talabalari The IBS Starter Scolarship dasturini qo’lga kiritgan bo’lsa, IBS Academic Scholarship dasturiga faqat 3-semestrdan (2-kursning birinchi semestridan) boshlab ariza topshira oladi; 1-kursning 2-semestri uchun IBS Academic Scholarship dasturiga topshira olmaydi.

IBS Academic Scholarship dasturi bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Eslatma: Bakalavr bosqichi uchun kontrakt to’lovi bir semestr uchun 3300 yevroni tashkil etadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!