×

Vengriya: 10 kunlik yozgi universitet; yashash xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

1439 marta

Vengriyaning University of Pannonia 2019-yilgi XXIV. International Summer University (ISU 2019) yozgi universitetida qatnashishga taklif etadi. Yozgi universitet Institute of Advanced Studies Kőszeg (iASK) va Institute for Social and European Studies (ISES) instututlari tomonidan tashkil etilgan. Ushbu yozgi universitet 2019-yil 28-iyundan 6-iyulgacha 10 kun davomida boʻlib oʻtadi. Yozgi universitetni tashkil etishdan maqsad – siyosiy, diniy, iqtisodiy hamda madaniy sohalarda yangi gʻoyalarni yaratish va tarqatish. Dastur xalqaro hamkorlik boʻyicha magistratura, doktoranturada oʻqiyotgan va ijtimoiy sohada ishlayotgan mutaxassislar uchun moʻljallangan.

Dastur quyidagi mavzular doirasida oʻtkaziladi:

  • Narratives and Evaluations of Transition (narratives of social transformation, Europeanization and democratization).
  • Social Entrepreneurship (grass-roots mobilization before and after 1989, social innovation and integration).
  • Memory Politics (a potent mobilization framework in the current CEE context).
  • Competing Cultures (migration, pop culture, European values).
  • Sustainability and Resilient Societies (environmental policies, urban politics, austerity).
  • Citizenship in Europe (transnationalism, sovereignty, European identity).

Grant kimlar uchun?

Magistratura, doktoranturada oʻqiyotgan va ijtimoiy sohada ishlayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi universitetda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarning Vengriyada 2019-yil 28-iyundan 6-iyulgacha ovqatlanish, yashash, maxsus ekskursiya, ta’lim dasturlari hamda oʻquv materiallari bilan ta’minlanadi. Shuningdek, dastur davomida bepul konsert va koʻrgazmalarda qatnashish imkoniyati bor.

Dasturda ishtirok etish haqi 250 yevro.

Dastur nomzodning Vengriyaga borib-kelishi, viza, ishtirok etish badali va sugʻurta kabi xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishlari kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladilar.
  2. Magistratura va doktoranturada oʻqiyotgan hamda ijtimoiy sohada ishlayotgan nomzodlar ariza topshira oladilar.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Chunki yozgi universitetda olib boriladigan barcha muhokamalar va maʼruzalar, fikr almashish ingliz tilida olib boriladi.
  4. Barcha jins vakillari ishtirok etishlari mumkin. Genderga oid cheklov yoʻq.

Dasturga qabul jarayoni:

Yozgi universitetda qatnashish uchun viza rasmiylashtirishi kerak boʻlgan nomzodlar 2019-yil 15-may tungi 23:59 ga qadar, boshqalar esa 31-maygacha hujjat topshira oladilar.

Dasturda ishtirok etish uchun ariza shaklini toʻldirib, soʻralgan hujjatlar bilan birga  isu2019@iask.hu elektron manziliga joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza/anketa.
  2. Tadqiqot ishi boʻyicha 300 ta soʻzdan iborat abstract. Shunigdek, abstractda 6 ta mavzu yoʻnalishidan qaysi biri mos kelishi haqida ham yozilishi kerak.
  3. CV/resume.
  4. Ingliz tili sertifikati soʻralishi mumkin.

Yozgi universitetda qatnashish talablari va hujjatlar tarkibi haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Nomzodlar soha boʻyicha bilimlari, qiziqishi, yozgan abstracti, gʻoyasi va faolligi, ingliz tilini bilish darajasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar dedelayn muddati oʻtgandan keyin tez muddat ichida elektron pochta orqali xabardor qilinadi.

Bogʻlanish uchun: isu2019@iask.hu

Telefon: 0036-94-200-520

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!