×

Vengriya: Executive MBA magistratura kurslarida tahsil olish uchun 70 foizli grantlar!


Grant

MUHLAT

30.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

1429 marta

Central European University tarkibiga kiruvchi The Department of Economics and Business of CEU 2020-yilgi kurslar uchun The Open World Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning Executive MBA sohalari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The Department of Economics and Business of CEUda 2020-oʻquv yili uchun Executive kursiga 25 000 yevro kontrakt toʻlanadi.

Grant yutib olgan nomzodlarning oʻqish haqidan 70% chegirma qilinadi. Bu summa 18 750 yevroni tashkil etadi.

Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Ularni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Grant nomzodning turar joy, yashash xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan qismini va boshqa sarflarni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod CEUning Executive MBA kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. GPA 4,0 kamida dan 3,0,   GMAT kamida 45 yoki GRE kamida 154 ball boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Odatda IELTS kamida 6,5, TOEFL 88 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod kamida 8 yillik mehnat tajribasiga, shundan 3 yili hujjatlar bilan ishlash tajribasiga ega boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar CEUning Executive MBA kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oʻzi tanlagan kursga onlayn tarzda ariza berishi kerak. Keyin grantga ariza beriladi:

  1. Oʻqishga kirishga CEU Application Form toʻldiriladi.
  2. Grantga esa Scholarship Application Formni toʻldirish kerak.

Oʻqishga 2020-yil 2-martgacha va grant dasturlari uchun 2020-yil 30-yanvargacha ariza berish mumkin. Hujjat topshirishdan avval yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

Hujjatlar tarkibi haqida toʻliq ma’lumot shu yerda berilgan. Qanday qilib hujjat rasmiylashtirish va topshirish esa: shu yerda.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, ish tajribasi, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: schrama@ceu.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!