×

Vengriya: Magistratura bosqichida o’qish uchun to’liq grant, yashash stipendiyasi va bepul turar joy


Grant

MUHLAT

28.02.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

2530 marta

FAO (Food and Agriculture Organization) hamda Vengriya hukumati rivojlanayotgan davlatlar fuqarolariga mo’ljallangan magistraturada o’qish uchun grant dasturi e’lon qildi. Dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Ta’lim sohasi: Nomzodlar quyidagi sohalardan birini tanlashi mumkin:

1. Animal Husbandry Engineering (University of Debrecen).
2. Agricultural Watering Management Engineering (Szent Istvan University).
3. Environmental Engineering (Szent Istvan University).

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Ro’yxatdan o’tish puli va kontrkat puli to’liq to’lab beriladi.
  • O’qish muddati davomidagi asosiy kitoblar va materiallar bilan ta’minlanadi.
  • Turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Vengriyada hayot kechirish uchun stipendiya bilan ta’minlanadi.
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

  • Nomzod belgilandan davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi lozim (bu davlatlar orasida O’zbekiston bor).
  • Bakalavr bosqichidagi o’zlashtirish darajasi a’lo (ancha yaxshi) bo’lishi lozim.
  • Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi lozim.
  • Nomzod 30 yoshdan oshmagan bo’lsa, tanlanish ehtimoli yuqori.
  • Nomzod jismoniy va ruhiy jihatdan sog’lom bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  • Ariza (ariza SHU YERDA);
  • Pasport nusxasi;
  • Rezyume – Curriculum Vitai (CV);
  • Diplom (notarial tasdiqlangan nusxasi) va baholar ro’yxati (diplom ilovasi);
  • Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL, CEFR va hokazo);
  • O’qish va karyera maqsadlari aks etgan insho (Statement of Motivation);
  • Tavsiyanoma;
  • Yashash joyidagi ichki ishlar organidan yaxshi-xulq atvorda ekanligi haqida ma’lumotnoma
  • Tibbiy ma’lumotnoma.

Berilgan hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo’lishi shart. Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar qabul qilinmaydi. Kerakli hujjatlarni notarial tasdiqlatib topshirilishi kerak.

Hujjat topshirish jarayoni: Barcha hujjatlar REU-scholarship@fao.org email manziliga 2018-yilning 28-fevraliga qadar yuborlishi lozim.

Arizalarni qabul qilish va nomzodlarni tanlash 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich:FAO arizalarni tahlil qiladi va tegishli universitetga jonatish uchun Vengriya Qishloq xo’jaligi vazirligiga taqdim qiladi. Talabalar talab qilingan hujjatlar jamlanmasini to’liq holda topshirishlari kerak. To’liqsiz  hujjatlarhisobga olinmaydi va ismsiz fayllar qabul qilinmaydi.

2-bosqich:Tanlangan  nomzodlardan qqbul jarayonining bir qismi sifatida ingliz tilida og’zaki yoki yozma tarzda imtihon topshirish so’ralishi mumkin. Qatnashuvchi universitetlargina tanlovni amalga oshiradi, FAO ning aralashuvisiz. Tanlovda o’tgan talabalar universitet va vazirlik tomonidan xabardor qilinadi.

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, Vengriya elchixonasiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.

Toshkentdagi Vengriya elchixonasi manzili:

Bogiravon ko’cha 63-65 uy,
Yunusobod tumani,
100057, Toshkent
Tel: +998 71 230 71 82, +998 71 230 71 83
Fax: +998 71 226 65 02
E-mail: mission.tas@mfa.gov.hu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!