×

Vengriya: Magistratura kurslarida tahsil olish va amaliyot oʻtash uchun toʻliq hamda qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

30.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

2311 marta

Central European University tarkibiga kiruvchi The Department of Economics and Business of CEU 2020-yilgi kurslar uchun CEU MS in Business Analytics and MS in Finance Scholarship dasturi va Internship Programs amaliyot dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning biznes analitika hamda moliya sohalari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant doirasida quyidagi dasturlar taklif etilmoqda:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The Department of Economics and Business of CEUda 2020-oʻquv yili uchun MS in Business Analytics kursiga 15 000 yevro, MS in Finance kursiga 12 000 yevro kontrakt toʻlanadi.

Grant yutib olgan nomzodlarning oʻqish haqi, tadqiqot xarajatlari toʻliq qoplanadi.

Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Ularni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Internship Programs amaliyot dasturida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiringanlarga esa kontrakt qisman toʻlab beriladi.

Grant nomzodning turar joy, yashash xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan qismini va boshqa sarflarni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod CEUning MS in Business Analytics yoki MS in Finance kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. GPA 4,0 kamida dan 3,0,   GMAT kamida 45 yoki GRE kamida 154 ball boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish lozimligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5-7.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar CEUning  MS in Business Analytics yoki MS in Finance kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oʻzi tanlagan kursga onlayn tarzda ariza berishi kerak. Keyin grantga ariza beriladi:

  1. Oʻqishga kirishga CEU Application Form toʻldiriladi.
  2. Grantga esa Scholarship Application Formni toʻldirish kerak.

Oʻqish va grant dasturlari uchun 2020-yil 30-yanvargacha ariza berish mumkin.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, ish tajribasi, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: schrama@ceu.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!