×

Vengriya: MBA magistratura kurslarida tahsil olish uchun 25% grant


Grant

MUHLAT

30.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

1250 marta

Vengriya poytaxtida joylashgan International Business School oliygohining MBA Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi MBA kurslariga oʻqishga qabul qilingan eng umidli talabalarga beriladi. Grantdan maqsad MBA kursiga oʻqishga kirgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

MBA in Data-Driven Management kursi ish tajribasiga ega mutaxassislar uchun moʻljallangan boʻlib, oʻz faoliyatini boshlagan tajribali shaxslarni ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv sirlari bilan tanishtirishga moʻljallangan. Kurs bir yil davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

MBA grantlarini yutib olgan talabalarning toʻlov kontraktlarining 25% qismi universitert tomonidan qoplab beriladi. MBA kursining kontrakt toʻlovi bir semestr uchun 6500 yevroni tashkil qiladi. grant yutib olgan talaba esa grant tasdiqlangach bir martada 4650 yevro miqdoridagi birinchi semestr kontrakt toʻlovini toʻlashi kerak boʻladi, undan tashqari oʻqish boshida bir martalik 900 yevro toʻlovni ham amalga oshirish kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar bu grantga ariza bera oladi.
  2. Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi zarur. Agar bakalavr bosqichida oʻqigan kursingiz biznes sohasiga yaqin boʻlsa, yanada yaxshi.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Qabul uchun minimal talab IELTS 6.5 yoki TOEFL 575. Til sertifikati yoʻq nomzodlar universitetning maxsus til imtihonidan oʻtkaziladi.
  4. Grantga nomzodlikka qoʻyilish uchun nomzod GMAT testidan kamida 650 ball toʻplagan boʻlishi  va a’lochi boʻlishi zarur.
  5. Nomzod MBA kursiga qabul talablariga mos bo`lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

MBA grantiga hujjat topshirish uchun alohida ariza berish jarayoni yoʻq. Oldin MBA kursiga onlayn hujjat topshirish zarur, hujjat topshirishda esa quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

  1. Bakalavr diplomi (biznes sohasiga yaqin yoʻnalishda boʻlsa yanada yaxshi).
  2. Baholar.
  3. CV/resume.
  4. 3-5 yil ish tajribasini koʻrsatuvchi hujjat.
  5. Motivatsion xat.
  6. Til bilish darajasini koʻrsatuvchi test.

MBA kurslaridan biriga hujjat topshirgach, scholarship@ibs-b.hu elektron manziliga xabar yuborish kerak. Xatda MBA kursiga hujjat topshirganingiz va grant yutib olishni xohlashingizni koʻrsatishingiz zarur.

Ma’lumot uchun: scholarship@ibs-b.hu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!