×

Vengriya: Xalqaro biznes boʻyicha bakalavriat kurslari uchun grantlar!


Grant

MUHLAT

30.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

1692 marta

Vengriya poytaxtida joylashgan International Business School bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun kontrakt pulining ma’lum qismini toʻlab berish va shu orqali iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab quvvatlash dasturini yoʻlga qoʻygan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Biznes maktabda bakalavr bosqichi uchun kontrakt toʻlovi bir semestr uchun 3 300 yevro, bir yilga esa 6 600 yevroni tashkil etadi.

Xalqaro biznes maktabi bakalavrlarga ikki xil iqtisodiy koʻmak dasturini taqdim etadi:

1-dastur: The IBS Starter Scholarship – Bakalavr bosqichiga yangi qabul qilinganlar uchun dastur. Ushbu dasturga koʻra, agar nomzod universitetga qabul qilish talablariga toʻla mos kelsa va bakalavr sifatida universitetga qabul qilinsa, birinchi oʻquv yilida nomzod toʻlashi kerak boʻlgan kontrakt pulining 50 foiz miqdori universitet fondlari tomonidan toʻlab berilishi mumkin. Ushbu oliy ta’lim muassasasi bakalavr bosqichida oʻqsih muddati – 3 yil.

2-dastur: IBS Academic scholarship. Ushbu dastur oldingi semestrning baholari va darslarni oʻzlashtirish darajasiga qarab, talabalarga uch xil kategoriyadagi iqtisodiy koʻmakni taqdim etadi.

Muhim: Ushbu dastur faqat 1-oʻquv yili uchun amal qiladi. Qolgan 2 yillik oʻqish muddati uchun kontrakt puli talabaning oʻzi tomonidan qoplanadi yoki talaba boshqa stipendiyali dasturga topshirish orqali keyingi yillar uchun ham kontrakt pulining ma’lum qismidan ozod qilinishi mumkin (Qarang: IBS Academic Scholarship).

IBS Academic Scholarship dasturiga 1-oʻquv yilining 2-semestridan ariza topshirish mumkin. Lekin 1-kurs bakalavr talabalari The IBS Starter Scolarship dasturini qoʻlga kiritgan boʻlsa, IBS Academic Scholarship dasturiga faqat 3-semestrdan (2-kursning birinchi semestridan) boshlab ariza topshira oladi; 1-kursning 2-semestri uchun IBS Academic Scholarship dasturiga topshira olmaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza bera oladi.
  2. Nomzod 18-25 yosh oraligʻida boʻlishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega boʻlishi lozim (IELTS yoki TOEFL). IELTS overall band score 6.5 (with at least 6.0 in each component) or TOEFL 90 iBT (the certificate should not be older than 2 years).
  4. Nomzod bakalavriat kursiga qabul talablariga mos boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil sentabrda boshlanadigan kurslar uchun 2020-yil 30-aprelga qadar qabul qilinadi.

Nomzod, dastlab, Xalqaro biznes maktabidagi bakalavrlar uchun moʻljallangan dasturlarni birini tanlab, ushbu dasturga ariza topshirishi va kerakli hujjatlarni topshirshi lozim (olayn tarzda amalga oshiriladi). Bakalavrlik yoʻnalishlarini tanlash va ariza topshirish uchun shu yerni bosing. Shuningdek, bir vaqtning oʻzida nomzod scholarship@ibs-b.hu e-mail manziliga The IBS Starter Scholarship yoki IBS Academic Scholarship dasturiga topshirmoqchi ekanligini yozishi lozim. Soʻng, ushbu stipendiyali dasturga qabul qilinganlik haqida yoki qabul qilinmaganlik haqida ma’lum vaqtda nomzodga xabar qilinadi. Nomzod ushbu stipendiyali dasturga qabul qilingacha, 2020-yilning 31-mayiga qadar kontrakt pulining qolgan 50 foizini toʻlashi lozim (50 foizi universitet tomonidan qoplanadi).

Ma’lumot uchun: scholarship@ibs-b.hu e-mail manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!