×

AQSh: bakalavriat uchun 18000 AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

15.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3680 marta

AQShning Vermont shtatida joylashgan Vermont Universitetida (University of Vermont) bakalavr kurslariga ajratilgan grantlarga arizalar qabul qilinmoqda. Universitet moddiy ta’minot dasturi tarkibida bir nechta grantlar bo’lib, ular iqtidorli va moddiy yordamga muhtoj talabalarga beriladi. Universitetda quyidagi fakultetlar ostida yuzlab bakalavr kurslari o’qitiladi:

  1. Agriculture and Life Sciences
  2. Arts and Sciences
  3. Business
  4. Education and Social Services
  5. Engineering and Mathematical Sciences
  6. Environment and Natural Resources
  7. Nursing and Health Sciences

Grant kimlar uchun?

Bakalavrda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Vermont Universitetiga hujjat topshirgan xalqaro talabalar avtomatik ravishda grant uchun nomzodlikka qo’yiladi. Hozirda moddiy yordam dasturi doirasida talabaga quyidagi grantlar taqdim etilishi mumkin:

  1. International Distinction Scholarship – 18000 AQSh dollari.
  2. International Excellence Scholarship – 13000 AQSh dollari.
  3. International Merit Scholarship – 8000 AQSh dollari.

Ushbu grantlardan qaysi biri berilishi talabaning baholaridan kelib chiqib hal qilinadi. Agar talaba grant davom etishi uchun qo’yilgan talablarga javob bersa, grant uning o’qishi tugaguncha 8 semestr davomida to’lab boriladi. Grant olishni davom etish uchun talaba 4 balli GPA tizimida kamida 3.0 ball to’plashi va har semestrda kamida 12 kreditli kurslarga ro’yxatdan o’tishi kerak bo’ladi. Vermont universitetida bakalavr kontrakt to’lovi semestriga 20000 AQSh dollari atrofida (O’zbekistonlik talaba universitet uchun “out-of-state resident” hisoblanadi). Batafsil ma’lumot.

Talablar:

Grant uchun alohida ariza topshirilmagani uchun, alohida talablar ham mavjud emas. Nomzod a’lo baholarga o’qigan va Vermont Universitetiga o’qishga qabul qilingan bo’lsa, grantning shartlariga javob bergan bo’ladi. Demak, bu grantni yutib olishni xohlovchi nomzodlar Vermont universitetiga kirish talablariga javob berishlari birinchi navbatda muhim hisoblanadi. Bakalvr kursiga qabul qilinish uchun nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. O’qishga kirishda IELTS’dan kamida 6.5, TOEFL’dan kamida 90 ball talab etiladi. Agar nomzod bu ballarni to’play olamagn bo’lsa Universitetning podkursida qatnashib, uni muvaffaqqiyatli tamomlagach bakalavr bosqichiga o’qishga kirishlari mumkin. IELTS sertifikati topshirayotganda sertifikatni quyidagi manzilga jo’nating:

University of Vermont
Office of Admissions
194 South Prospect Street
Burlington, VT 05401.

TOEFL topshirganlar sertifikatni jo’natishda 3920, ACT topshirganlar esa 4322 kodidan foydalanishadi. Barcha tafsilotlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Vermont Universiteti bakalavr kurslariga qabul qilingan talaba avtomatik tarzda yuqoridagi grantlar uchun nomzodlikka qo’yiladi. Universitet bakalavr kursiga hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:

Nomzod oldin o’zi tanlagan kursga ariza topshirishi kerak. Bunda ariza topshirishning ikki xil yo’li ko’rsatiladi. Ulardan birini tanlab (qaysi biri ekanligining farqi yo’q), kerakli hujjatlarni taqdim etgan holda 2018-yil 15-oktabrdan kechiktirmay ariza topshirish zarur. Aslida 2019-yil kuzgi semestr uchun qabul 2018-yil 1-noyabrgacha davom etadi, lekin xalqaro talabalardan 15-oktabrgacha hujjat topshirish so’raladi. Ehtiyot yuzasidan universitet tavsiya qilgan muddat ichida hujjat topshirish kerak.

Kerakli hujjatlar:

  1. Nomzodning baholari ko’rsatilgan hujjatni u o’qigan litsey, kollej yoki maktabning o’zi Vermont universiteti qabul bo’limiga yuborishi kerak. Baholar ingliz tiliga rasman tarjima qilinishi zarur.
  2. Bitta tavsiyanoma.
  3. Til bilishni tasdiqlovchi sertifikat
  4. ACT yoki SAT (ixtiyoriy, lekin Honours College’ga hujjat topshiruvchilar uchun majburiy). Batafsil ma’lumot.

Ma’lumot uchun (802) 656-5700 raqami va sfs@uvm.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!