×

Vetnam: Bepul turar joy va oziq-ovqat beriladigan 21 haftalik stajirovka dasturi; oylik stipendiya – 960 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

25.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vetnam

O'QILGAN

2823 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti hamda Vetnamning Hanoi shahrida joylashgan EEC English Centre ingliz tili oʻqituvchilarini Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur 21 hafta davomida Vetnamning Tay Tra, Ha Noi va Ecopark yashil hududlarida joylashgan markazlarda oʻqituvchi boʻlib ishlash imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchilar yuqori bolalarga ingliz tilidan dars berishadilar. Soat yuklamasi haftasiga 20, bir oyga esa 80 soatni tashkil etadi. Dastur 10-apreldan 10-sentabrgacha boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

Ingliz tili oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 21 hafta davomida bepul turar joy va oziq ovqat ajratiladi hamda oylik 960 USD stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • 18 dan 30 yoshgacha nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod ingliz tili oʻqituvchisi boʻlishi zarur.
  • Nomzod kamida bakalavr darajasi egasi boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2-C1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim. Viza soʻrovi uchun: shu yerga murojaat qiling.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 29-iyungacha. Hujjat topshirish uchun ariza onlayn tarzda toʻldirilishi lozim. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.

Hujjatlar tarkibi:

Onlayn toʻldirilgan ariza. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilib tizimga yuklanadi:

  • Pasport nusxasi.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi. Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi topshiriladi.
  • IELTS yoki TOEFL sertifikati.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.

Barcha hujjatlar tizimga yuklanadi. Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang! Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda  tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning Hanoidagi vakili: aiesec.hanoi@gmail.comdan ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, sohaga olid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; ankith.nair@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!