×

Vetnam: Bepul turar joy beriladigan 48 haftalik stajirovka dasturi; oylik stipendiya – 800 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

09.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vetnam

O'QILGAN

2334 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti hamda Vetnamning Hanoi shahrida joylashgan Vietnamese Intelligence English Center 18 dan 30 yoshgacha ingliz tili oʻqituvchilarini Teaching English in Hanoi Surburb stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur 48 hafta davomida Vetnamning Ha Noi hududlarida joylashgan DOREMON GIA LAM English centerda oʻqituvchi boʻlib ishlash imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchilar 3-15 yoshli bolalarga ingliz tilidan dars berishadilar. Yuklama haftasiga 25 soat auditoriya soatlari+15 soat tayyorlov mashg`ulotlari – jami haftasiga 40 soatni tashkil etadi. Dastur 2019-yil 12-iyundan 24-noyabrgacha otaliqda boʻlib oʻtadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Preparing lessons and activities before class
  • Teaching 3 – 15 years old students communicative English
  • Creating games and organizing clubs for students
  • Supporting special events in different branches
  • Taking part in the training for the 2 weeks (excluded in working hours)

Grant kimlar uchun?

18-30-yoshli ingliz tili oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 48 hafta davomida bepul turar joy ajratiladi hamda oylik 800 USD stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod ingliz tili oʻqituvchisi boʻlishi zarur.
  • Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod Education, Languages sohalari bo`yicha kamida bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 – C1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod Language Teaching, Adaptability, AIESEC Leadership Qualities, Critical Thinking koʻnikmalariga ega boʻlishi va kompyuterda ishlay olishi shart.
  • Nomzod yosh bolalar bilan ishlay olishi kerak boʻladi.
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 9-iyulgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi!
  3. Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldirishingi shart.
  4. Account ochish, toʻldirish va ariza berish yo`riqnomasi: shu yerda Ariza topshirishni boshlashdan avval ma’lumotni diqqat bilan o`qib chiqing.
  5. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  6. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

Bu grantning ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar. Skills (koʻnikmalar).
  • Oʻqigan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Experience. Ya’ni, qayerda, qancha vaqt ishlaganingiz haqida ma’lumot.
  • Arizaning 5-bosqichida “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida savol yoki 3-8 daqiqali test berilgan. Savolga javob bering yoki testni ishlang va “Apply”ni bosing.

Muhim:

  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning FTU Hanoidagi vakilidan hnvn@aiesec.net manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; ftu.hnvn@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!