×

Vetnam: IELTS, TOEFL va SAT instruktorlari uchun 24 haftalik stajirovka dasturi; bepul turar joy va oylik 1 200 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

22.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vetnam

O'QILGAN

2530 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti hamda Vetnamning Quang Ninh viloyati Ha Long shahrida joylashgan PISA Education Consultant and Media Joint Stock Company 18 dan 30 yoshgacha boʻlgan oʻqituvchilarini Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur 24 hafta davomida Vetnamning Quang Ninh viloyati Ha Long shahrida joylashgan PISA Education Consultant and Media Joint Stock Companyda IELTS/TOEFL/SAT imtihonlariga tayyorlovchi oʻqituvchi – instruktor boʻlib ishlash imkonini beradi. Dastur 2019-yil 20-iyuldan 2020-yil 1-fevralgacha oraliqda boʻlib oʻtadi. Amaliyotchilar 2 oyga 100 soat, bir kunda esa 3-9 soat yuklama bilan ishlaydilar. Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Planning, preparing and delivering lessons
  • Preparing teaching materials
  • Helping pupils improve their listening, speaking, reading and writing skills via individual group se
  • Checking and assessing pupils’s work
  • Organising and running specialist courses
  • Attending social events
  • For days when you’re NOT working,you will NOT get paid(holidays,absent from work without permission)

Grant kimlar uchun?

18-30-yoshli ingliz tili va matematikani biladigan oʻqituvchilar, IELTS/TOEFL/SAT instruktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 24 hafta davomida bepul turar joy va oziq-ovqat ajratiladi hamda oylik 1 200 USD stipendiya beriladi. Oylik maosh 100 soatga 1 000 USD hisobida toʻlanadi. Batafsil ma’lumot bilan: shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan vakillar ariza bera oladi.
  • Nomzod ingliz tili va matematikani biladigan oʻqituvchi boʻlishi zarur.
  • Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod Education (ta’lim) sohasi boʻyicha kamida bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur
  • Nomzod Critical Thinking, Time Management, Leadership, Self-Confidence koʻnikmalariga ega boʻlishi shart.
  • Nomzod oʻquvchilar bilan ishlay olishi kerak boʻladi. Chunki darslar 3-maktab oʻquvchilari bilan olib boriladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR C1 boʻlishi talab qilinadi. Shu bilan birga, nomzod matematikadan ham dars bera olishi lozim.
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 22-iyulgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldirishingi shart.
  3. Account ochish, toʻldirish va ariza berish yoʻriqnomasi: shu yerda. Ariza topshirishni boshlashdan avval ma’lumotni diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

Bu grantning ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar. Skills (koʻnikmalar).
  • Oʻqigan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Experience. Ya’ni, qayerda, qancha vaqt ishlaganingiz haqida ma’lumot.
  • Arizaning 5-bosqichida “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida savol yoki 3-8 daqiqali test berilgan. Savolga javob bering yoki testni ishlang va “Apply”ni bosing.

Muhim:

  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning Ha Noidagi vakilidan hanoi@gmail.com manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; aiesec.hanoi@gmail.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!