×

Vetnam: Ingliz tili oʻqituvchilari uchun 27 haftalik stajirovka dasturi; bepul oziq-ovqat, turar joy va oylik 960 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vetnam

O'QILGAN

2272 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti hamda Vetnamning Hanoi shahrida joylashgan EEC English Centre 18 dan 30 yoshgacha ingliz tili oʻqituvchilarini Teaching Fresh Working Places stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur 27 hafta davomida Vetnamning Tay Tra, Ha Noi va Ecopark hududida oʻqituvchi boʻlib ishlash imkonini beradi. Dastur 2019-yil 1-avgustdan 2020-yil 10-fevralgacha oraliqda boʻlib oʻtadi. Amaliyotchilar haftasiga 20 soat auditoriya mashg`ulotlari, oyiga umumiy – 80 soat yuklama bilan ishlaydilar. Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Teaching in 2 centres
  • Being Trained by Supervisor
  • Adapt with situations
  • Learning from doing
  • Receive feedback
  • Create exciting atmosphere for the class
  • Attend Company’s Meeting

Grant kimlar uchun?

18-30-yoshli ingliz tili oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 27 hafta davomida bepul turar joy va oziq-ovqat ajratiladi hamda oylik 960 USD stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod ingliz tili oʻqituvchisi boʻlishi zarur.
  • Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod Education sohasi boʻyicha kamida bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur
  • Nomzod Language Teaching, Adaptability, Time Management koʻnikmalariga ega boʻlishi shart.
  • Nomzod yosh bolalarni yaxshi koʻrishi va ular bilan ishlay olishi kerak boʻladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 – C1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim. Shuningdek, 3 oylik viza rasmiylashtiriladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 30-iyulgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldirishingi shart.
  3. Account ochish, toʻldirish va ariza berish yoʻriqnomasi: shu yerda. Ariza topshirishni boshlashdan avval ma’lumotni diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

Bu grantning ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar. Skills (koʻnikmalar).
  • Oʻqigan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Experience. Ya’ni, qayerda, qancha vaqt ishlaganingiz haqida ma’lumot.
  • Arizaning 5-bosqichida “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida savol yoki 3-8 daqiqali test berilgan. Savolga javob bering yoki testni ishlang va “Apply”ni bosing.

Muhim:

  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning Hanoidagi vakilidan aiesec.hanoi@gmail.com manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; aiesec.hanoi@gmail.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!