×

Vetnam: TDTU Graduate Scholarships – Magistratura va doktorantura uchun toʻliq hamda qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

15.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vetnam

O'QILGAN

3742 marta

Vetnamda joylashgan Ton Duc Thang University TDTU chet ellik talabalardan 2021-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun Graduate Scholarships moddiy ta’minot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu moddiy ta’minot dasturi shu universitet magistratura va doktorantura kurslariga oʻqishga qabul qilingan iqtiorli va umidli talablarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Ton Duc Thang universitetida mavjud kurslar bilan: shu yerda tanishish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Moddiy ta’minot dasturi tarkibida turli xildagi grant dasturlari mavjud boʻlib, ularning talabaga taklif qiladigan moddiy yordam miqdorlari turlicha:

  1. Toʻliq grantlar: oʻqish uchun toʻliq grant taqdim etilgan talabalarning kontraktlari toʻliq qoplab beriladi va ular tekin turar joy bilan ta’minlanadilar. Bu grant uchun GPA 4,0dan kamida 3,6 bo’lishi lozim.
  2. Qisman grant yutib olgan talabalarning kontraktlari 50% qoplab beriladi va ularning turar joy uchun amalga oshirishlari kerak boʻlgan toʻlovning 50% qismi universitet tomonidan qoplab beriladi. Bu grant uchun GPA 4,0dan kamida 3,4 bo’lishi lozim.
  3. Qisman grant yutib olgan talabalarning kontraktlari 25% qoplab beriladi. Bu grant uchun GPA 4,0dan kamida 3,2 bo’lishi lozim.
  4. Undan tashqari, Ton Duc Thang University universitetida talabalar olib boradigan tadqiqotlar uchun ham maxsus moliyaviy yordam ajratiladi.

Bu haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari bu grantga ariza bera oladi.
  2. Nomzod Ton Duc Thang University magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr va/yoki magistratura diplomiga ega boʻlishi va ilgari oʻqigan kurslari hozir oʻqishga hujjat topshirgan kursi yoʻnalishiga mos boʻlishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ton Duc Thang University magistratura va doktorantura kurslariga qabul uchun kamida IELTS 5.5 talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun nozmod oldin Ton Duc Thang University dagi magistratura va doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirgan boʻlishi kerak, shunda agar nomzod barcha talablarga mos boʻlsa, oʻqishga qabul qilinishi bilan unga grant ham belgilanadi. 2021-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun dedlayn – 2021-yil 15-may.

Grant olmoqchi boʻlgan talabalar oʻzi tanlagan magistrlik / doktorantura kursiga qabul uchun talab etilgan hujjatlar bilan birga grant arizasini gradstudies@tdtu.edu.vn elektron manziliga yuborish kerak. Grant arizasi shaklini BU YERDAN yuklab olish mumkin. Magistratura / doktoranturaga kerakli hujjatlar roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

Hujjat topshirish haqida batafsil ma’lumot: shu yerda.

Ma’lumot uchun: +84 28 3775-5059 raqami yoki gradstudies@tdtu.edu.vn manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!