×

Victoria University of Wellington: Doktorantura kurslari uchun to’liq grant va yiliga 27,500 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1211 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan Victoria University of Wellington oliygohi tomonidan taqdim etiladigan Wellington Doctoral Scholarship grantiga arizalar qabul qilinmoqda.

Grant dasturi uchun qabul 1 yilda 3 marotaba o’tkaziladi va dedlayn har bir raund bo’yicha 1-mart, 1-iyul, 1-noyabr etib belgilangan. Hozirda 1-martgacha bo’lgan 1-raund bo’yicha qabul jarayoni davom etmoqda. Grant universitetning doktorantura kursida o’qish uchun beriladi. Grant nomzodlarni ta’lim olishdagi 3 yillik kontrakt to’lovini to’liq qoplab, yillik 27,500 AQSH dollar stipendiya bilan ta’minlaydi. Dunyoning barcha mamlakatlaridan bo’lgan arizachilar grantni qo’lga kiritish imkoniyatiga ega. 

Universitetda mavjud doktorantura kursi yo’nalishlari bilan bu yerda tanishing. 

Grant kimlar uchun?

Doktorantura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan talabalarga 3 yil davomida kontrakt to’lovi hamda yillik 27,500 AQSH dollar miqdoridagi stipendiya to’lab beriladi

Eslatma: Agar grantni grant sovrindorlari e’lon qilingan vaqtda allaqachon o’qishga qabul qilinib bo’lgan va ta’lim olayotganiga 3 oydan oshgan talabalar qo’lga kiritsa, grant muddati belgilangan tartibda qisqartiriladi.

Talablar:

  • Grantni qo’lga kiritish uchun nomzod ushbu universitetning doktorantura kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak
  • Baholari yuqori bo’lishi shart
  • Yuqori sifatli tadqiqot olib borish imkoniyati mavjudligini ko’rsatib bera olishi zarur (tadqiqot tajribasi va boshqalar orqali)
  • Nufuzli jurnallarda maqolalari chop etilgan bo’lishi kerak
  • Nomzod eng kamida TOEFL 90 (Writing bo’limidan 20 balldan kam bo’lmagan holatda) yoki IELTS 6.5 (Har bir bo’limidan 6 balldan kam bo’lmagan holatda) sertifikatiga ega bo’lishi kerak
  • Grantni qo’lga kiritgan talabalardan faqatgina o’qishga e’tibor qaratishi talab qilinib, 1 yilda faqatgina umumiy 600 soat ishlashgagina ruxsat etiladi. Doimiy ishlab o’qish mumkin emas.

 

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Doktorantura uchun ariza topshirganlarning arizalari grant uchun ko’rib chiqiladi.

Doktorantura uchun arizalar xuddi grant arizasi singari 1-mart, 1-iyul, 1- noyabr sanalarigacha 3 ta raund bo’yicha qabul qilinadi. Hozirda 1-martgacha belgilangan 1-raund qabuli uchun arizalar topshirilishi davom etmoqda. Yuqoridagilardan istalgan raundda hujjat topshirish mumkin. Lekin imkon qadar erta hujjat topshirish tavsiya etiladi. Arizalar onlayn tarzda topshirilib, barcha kerakli hujjatlar faqatgina elektron shaklda yuqori pdf formatda taqdim etilishi zarur. Onlayn arizani bu yerda boshlang.

Kerakli hujjatlar

  1. Bakalavr va Magistratura diplom va baholari
  2. O’zi yozgan maqola, tezis yoki konferensiyalardagi ilmiy ish kabilar orasidan 2000 ta so’zdan iborat birorta namuna
  3. Scholaro Report – GPA ya’ni o’rtacha ball haqida hisobot
  4. Til sertifikati
  5. Ba’zi fakultetlar qo’shimcha hujjatlar taqdim etishni talab qiladi. Qo’shimcha ma’lumot uchun tanlangan kurs sahifasiga tashrif buyuring.
  6. 2 ta ilmiy rahbar (supervisor) tomonidan arizachining ilmiy salohiyati va tadqiqot olib bora olish imkoniyatini baholovchi tavsiyanoma taqdim etilishi talab etiladi. Tavsiyanoma shaxsan ilmiy rahbarlar tomonidan universitetdagi tegishli yo’nalishning elektron pochtasiga jo’natilishi kerak. Ilmiy rahbarlar Victoria University of Wellington universitetidan boshqa universitet vakillari ham bo’lishi mumkin. Agar universitetning o’zidan ilmiy rahbar topmoqchi bo’lsangiz, bu yerda ma’lumot olishingiz mumkin. 

Lekin 1 ta talabaga mazkur universitetdagi faqatgina 1 ta ilmiy rahbar mas’ul bo’lishi mumkin va bu ilmiy rahbar albatta arizachi bilan avvaldan hamkorlikda ish olib borgan bo’lishi shart.

Ilmiy rahbar tavsiyanomasi bo’lmagan holatda arizalar ko’rib chiqilmaydi.

Qabul jarayoni

Onlayn ariza to’ldirish paytida arizachidan tadqiqot taklifi (research proposal) yozish va taqdim qilish talab etilmaydi. Lekin arizada tadqiqot mavzusi va qamroviga oid bir qator savollarga javob yozish so’raladi.

Arizachilar baholari, tadqiqot mavzusining universitet talablariga nechog’lik mosligi, tadqiqot tajribasi kabi omillar asosida baholanadi.

Natijalar ariza topshirish dedlayni tugagandan so’ng 6-8 hafta ichida e’lon qilinadi

Baholanish mezonlari, hujjatlarni tayyorlash va ariza qabul qilinganidan so’ng olib boriladigan jarayonlar haqidagi batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!