×

“Siyosat sohasidagi yetakchi ayol: o‘rnak bo‘ladigan inson” mavzusidagi video uchun ssenariylar tanlovi


Grant

MUHLAT

18.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

768 marta

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligi “Siyosat sohasidagi yetakchi ayol: o‘rnak bo‘ladigan inson” mavzusida ssenariy tanlovini oʻtkazmoqda.

Tanlov maqsadlari quyidagilarga qaratilgan:

  • xotin-qizlarning faol siyosiy hayotga qiziqishini oshirish;
  • zamonaviy yetakchi ayol obrazini yaratish;
  • ijtimoiy faol ayollar, yetakchi ayollar va siyosatchilar haqida jamoatchilikda ijobiy fikrni shakllantirishga ko‘maklashish.

Ushbu videorolik siyosiy partiyalarning xotin-qizlar qanotini 2024-yil oktabr oyida parlament va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda faol ishtirok etishga undashi kutilmoqda.

G‘olib bo‘lgan ssenariydan mamlakat bo‘ylab ko‘plab ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish maqsadida siyosat sohasidagi yetakchi ayol haqida 3-5 daqiqalik motivatsion video yaratish uchun asos sifatida foydalanish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Barcha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G‘oliblar quyidagi tartibda taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin – noutbuk
  • 2-o‘rin – planshet
  • 3-o‘rin – elektron kitob (elektron kitob o‘qish qurilmasi)

Talablar:

Tanlovda faoliyat turi va ish tajribasidan qat’iy nazar, mamlakatimizning barcha hududlaridan istalgan yoshdagi O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Professional va havaskor senariy yozuvchilar ishlari qabul qilinadi.

Ssenariylarni oʻzbek yoki rus tilida topshirish mumkin.

Tanlovda hakamlar hay’ati a’zolari, tashkilotchilar, homiylar va ularning oila a’zolari ishtirok eta olmaydi.

Taqdim etilgan ishlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  1. Mavzuga aloqadorligi.
  2. Dolzarbligi va ijtimoiy ahamiyati.
  3. Sujet taqdimotidagi oddiylik va tushunarlilik.
  4. Hikoyaning mantiqiyligi va izchilligi, gender stereotiplarining yo‘qligi.
  5. Ijodiy yondashuv.
  6. Nomining o‘ziga jalb etuvchanligi.
  7. Personajlarning yorqinligi va o‘ziga xosligi.
  8. Sujetning yorqinligi va o‘ziga xosligi.
  9. Innovatsionlik.
  10. Davomiyligi 3 dan 5 daqiqagacha.

Dasturga qabul jarayoni:

Ssenariylar 2024-yil 17-mart soat 23:59 gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi. Bu muddatdan keyin yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Ishtirokchining arizasida quyidagi ma’lumotlar/hujjatlar bo‘lishi shart:

  1. Ishtirokchining to‘liq ismi.
  2. Pasport yoki ID-karta nusxasi.
  3. Telefon raqami.
  4. Elektron pochta manzili.

Yuqoridagi sanab o‘tilgan barcha maʼlumotlar/hujjatlar senariy bilan birga 2024-yil 17-mart soat 23:59 dan kechiktirmay gender.equality.undp@gmail.com elektron pochtasiga yuborilishi kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!