×

Videoex filmlar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 3378 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

29.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

785 marta

Eksperimental filmga bag’ishlangan, Shvetsariyada har yili 9 kun davomida o’tkazib kelinadigan eng yirik film festivallaridan biri – Videoex Festivalida namoyish qilinadigan filmlar uchun Videoex filmlar tanlovi e’lon qilindi. Tanlovga vizual film va san’atni birlashtirib yuboradigan, har qanday janrdagi asarlar qabul qilinadi. Asosiy maqsad – filmni xabar yetkazib berish vositasi sifatidagi o’rnini ko’rsatish va kutilmagan o’ziga xos maqsadlarda foydalanish. Tanlovga 2019-yil 1-oktyabrdan keyin olingan eksperimental film, hayotiy filmlar, animatsiya qilingan suratlar, musiqa kliplari kabilarni jo’natish mumkin. 

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Umumiy mukofot jamg’armasi CHF 3000 (3378 AQSh dollari) ga teng. G’oliblarga shu mablag’ bo’lib beriladi.

Talablar:

  • Tanlovga 2019-yil 1-oktyabrdan keyin olingan filmlar qabul qilinadi.
  • Bitta ishtirokchi 1-3 ta film yuborishi mumkin.
  • Tanlovga istalgan tildagi filmlarni topshirish mumkin, lekin ingliz, fransuz, italyan yoki nemis tillaridan birida subtitrlari ham ilova qilinishi lozim.
  • Filmga texnik talablar: 35 mm., 16 mm., Suoer8/8 mm.; 4K, 2K, HD; HD yoki Bluray Discs. Boshqa formatdagi filmlarni yuborish oldidan tanlov tashkilotchilari bilan bog’laning.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga 2021-yil 29-yanvargacha ariza topshirish mumkin. Onlayn arizani boshlash uchun bu yerga bosing. Ariza berishdan avval ishtirokchilar tomonidan ko’p so’ralgan savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqing. 

Eslatma: tanlovga ariza onlayn to’ldiriladi, ammo filmlar pochta orqali yuborilishi kerak. Film joylanvan disk solingan konvertga «art work for cultural purpose only» «no commercial value» kabi yorliqlarni yopishtirishni unutmang. Pochta xizmati to’lovlarini oldindan to’lang, tanlov tashkilotchilari 2 AQSh dollaridan ko’p qilinishi kerak to’lovlarni rad etib, filmni ham qabul qilmasliklari mumkin. Agar tanlovdan keyin yuborilgan filmni qaytib sizga yuborishlarini xohlasangiz, 20 AQSh dollari to’lov qilasiz, aks holda film tanlov arxivida qoladi.

Pochta manzili:

Kanonengasse 20

PO Box 8021

CH-8004 Zürich

Switzerland.

Murojaat uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!