×

Videoroliklar tanlovi: Yutuq – 1000 AQSh dollari


Grant

MUHLAT

15.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3664 marta

Ko’pgina o’quvchi va talabalar ishlarning ko’pligi, o’qituvchilar bilan kelib chiqqan tushunmovchilik yoki vaqtning yetishmasligi sababli o’z shaxsiy rivojlanishi ustida ko’ngildagidek ishlay olmaydi. Shu va shu kabi muammolarni yengib o’tish uchun samarali taklif bera olasizmi?

Agar bu kabi muammolarni hal qilish uchun biror taklifingiz bo’lsa, ivypanda.com sayti ularni eshitishga va boshqalarga ham yetkazishga tayyor. Bundan tashqari, eng yaxshi taklif uchun mukofot ham beriladi!

Faqat fikrlaringiz videorolik sifatida, kreativlik bilan ifoda etilishi kerak. Video ingliz tilida tayyorlanishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Maktabning yuqori sinflarida (10-11-sinf), kollej/litseyda yoki universitetda o'qiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’oliblar quyidagicha mukofotlanadi:

1-o’rin – 1000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan;
2-o’rin – 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

G’oliblar IvyPanda saytining sertifikatlari bilan ham taqdirlanadi. Shuningdek, yaxshi deb topilgan videolar saytning YouTube kanalida e’lon qilinadi.

Talablar:

Tanlovda qatnashmoqchi bo’lgan nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod maktabning yuqori sinflarida (10-11-sinf), kollej/litseyda yoki universitetda o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  • G’olib bo’lganlar o’zining o’quvchi/talaba ekanligini isbotlovchi hujjat (talabalik guvohnomasi yoki maktabdan ma’lumotnoma) taqdim etishi kerak bo’ladi.
  • Istalgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.

Videoga qo’yilgan talablar:

  • Video ingliz tilida bo’lishi kerak.
  • Video quyidagi mavzulardan biri haqida bo’lishi kerak
    – How to Overcome Loss Of Study Motivation: Your Personal Lifehacks;
    – How to Maintain a Good Study-Life Balance: Your Recommendations;
    – Your Tips And Tricks To Reduce Homesickness for Both Domestic and International Students.
  • Video nomi (title) kreativ bo’lishi kerak.
  • 1 daqiqadan kam va 1 daqiqa 30 soniyadan ko’p bo’lmasligi kerak.
  • Quyidagi formatlardan birida bo’lishi kerak: .MOV, .MPEG4, .MP4, .AVI.
  • 2018-yilning 15-iyuniga qadar toopshirilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Videoroliklarni topshirish quyidagicha bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Quyidagi mavzulardan biri uchun original videorolik tayyorlang:
    – How to Overcome Loss Of Study Motivation: Your Personal Lifehacks;
    – How to Maintain a Good Study-Life Balance: Your Recommendations;
    – Your Tips And Tricks To Reduce Homesickness for Both Domestic and International Students.
  2. Videorolikni quyidagi hosting xizmatlardan biriga joylashtiring: DropboxGoogle DriveStreamable, yoki WeTransfer. Tanlovga beriladigan videorolik oldin e’lon qilinmagan bo’lishi va tanlov yakunlanmaguncha boshqalar ko’rishi mumkin bo’lgan joyga joylanmasligi kerak.
  3. So’ng nomzod IvyPanda saytining YouTube kanaliga «kuzatuvchi» (Subscribe) bo’lishi, Tanlovning video izohi –  the Contest video-description’ni o’zining Google+, Twitter yoki Facebook sahifisida ulashishi kerak. YouTube kanaliga kuzatuvchi bo’lganlik va tanlovning video izohini ijtimoiy tarmoqlarda ulashganlikni suratga olib, arizaga qo’shib suratlarni ham yuboring.
  4. Keyin quyidagilarni scholarship@ivypanda.com  email manziliga yuboring:
    – Videonroligingiz linki;
    – IvyPanda YouTube kanaliga kuzatuvchi bo’lganligingiz surati:
    – tanlovning video izohini ijtimoiy tarmoqlardan birida ulashganligingiz surati.

G’oliblar onlayn ovoz berish yo’li bilan aniqlanadi. Tanlovga kelib tushgan videolardan eng yaxshi ikkitasi saralab olinadi. Saralangan ikki videorolik IvyPanda YouTube kanaliga joylanadi va onlayn ovoz to’plash yo’li bilan g’olib hamda ikkinchi o’rin aniqlanadi. Onlayn tanlov 2018-yilning 2-iyulidan 8-iyuligacha bo’lib o’tadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!