×

Videotanlov: Tanlovda gʻolib boʻlganlar Chilidagi BMT konferensiyasida qatnashadi!


Grant

MUHLAT

28.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Chili

O'QILGAN

1609 marta

Tvebiomovies xalqaro tashkiloti «Global Youth Video Competition 2019» videotanloviga arizalar qabul qilish boshlandi. Ushba tanlov iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda yoshlarni jalb qilishni nazarda tutadi. Video mavzusi qanday qilib iqlim oʻzgarishini oldini oldin yoki uning salbiy natijalarini bartaraf qilish, tabiatga yetkazilayotgan zararni kamaytirish va qulayroq sharoitda yashashni koʻrsatib berishi kerak.

Videolar uch kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:

  • Balancing use of land for people and ecosystems
  • Cities and local action to combat climate change
  • Nature-based solutions for food and human health

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshli barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir kategoriya boʻyicha bittadan gʻolib aniqlanadi va gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 2019-yil dekabr oyida Chilida boʻlib oʻtadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishlari mavzusidagi konferensiyasiga borish va kelish xarajatlari toʻliq qoplanadi.
  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha jamoasiga reportyor sifatida qabul qilinadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzod 18-30 yosh oraligʻida boʻlishi lozim.
  3. 2019-yilning dekabrida Chiliga kela olishi lozim.

Videoga qoʻyilgan talablarni: shu yerdan oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 28-iyulgacha qabul qilinadi. Shu yerdan ariza toʻldirasizva video joʻnatasiz.

Videolar onlayn tarzda topshiriladi. Videolar ochiq va ommaviy baholanadi hamda shu orqali gʻoliblar aniqlanadi.

Tanlov boʻyicha savollar tugʻilganda: biomovies@tve.org.uk manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!