×

Videotanlov: Yutuq – Polshaga tekin sayohat!


Grant

MUHLAT

31.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Polsha

O'QILGAN

3891 marta

«Global Youth Video Competition 2018» videotanlovga arizalar qabul qilish boshlandi. Ushba tanlov iqlim o’zgarishiga qarshi kurashda yoshlarni jalb qilishni nazarda tutadi. Video mavzusi qanday qilib iqlim o’zgarishini oldini oldin yoki uning salbiy natijalarini bartaraf qilish, tabiatga yetkazilayotgan zararni kamaytirish va qulayroq sharoitda yashashni ko’rsatib berishi kerak.

Videolar ikki kategoriya bo’yicha qabul qilinadi:

  1. Mas’uliyatli ishlab chiqarish va iste’mol (Responsible Production and Consumption).
  2. Iqlimga zarar yetkazmaydigan ishlar (Green and Climate Friendly Jobs).

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshli barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir kategoriya bo’yicha bittadan g’olib aniqlanadi va g’oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 2018-yil dekabr oyida Polshaning Katovitse shahrida bo’lib o’tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o’zgarishlari mavzusidagi 24-konferensiyasiga borish va kelish xarajatlari to’liq qoplanadi.
  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o’zgarishi bo’yicha jamoasiga reportyor sifatida qabul qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kelishi kerak:

  • Nomzod 18-30 yosh oralig’ida bo’lishi lozim.
  • 2018-yilning dekabrida Polshaga kela olishi lozim.

Videoga qo’yilgan talablar:

  • Video 3 minutdan oshib ketmasligi kerak.
  • Video ingliz tilida bo’lishi yoki tagida ingliz tilidagi subtitr bo’lishi kerak.
  • Mas’uliyatli ishlab chiqarish va iste’mol (Responsible Production and Consumption) haqidagi video quyidagilardan birini yoki shunga o’xshash biror holatni ko’rsatib berishi kerak:
    – iqlim o’zgarishiga ijobiy ta’sir qiladigan, bu muammoni oldini oladigan barqaror ishlab chiqarish va iste’molni qanday qilib rivojlantirish/qo’llab-quvvatlash haqidagi fikrlar yoki shu muammo bo’yicha yechimlar;
    – insonlarning atrof muhitga xulq-atvorini ijobiy tarafga o’zgarishga chaqirishi kerak;
    – kundalik hayotda keraksiz iste’mol, barqaror moda, birgalikdagi iqtisod, mahsulot va materiallardan qayta foydalanish, mahsulotlarni tashish, mahalliylikka asoslangan iqtisod, chiqindilarni kamaytirish kabi sohalarda iqlim o’zgarishiga salbiy ta’sir qiladigan zararli chiqindilar/gazlarning ishlab chiqarishini kamaytirish haqida tashabbusni ifoda etishi kerak.
  • Iqlimga zarar yetkazmaydigan ishlar (Green and Climate Friendly Jobs) haqidagi video quyidagilardan birini yoki shunga o’xshash biror holatni ko’rsatib berishi kerak:
    – iqlim o’zgarishia ijobiy ta’sir qiladigan, zarar keltirmaydigan hamda iqtisodni yaxshilashga yordam beradigan yangi ishlar yoki tadbirkorlik;
    – tabiatga va atrof muhitga zarar yetmaydigan ishlar yuzasidan texnikaviy tayyorlash va boshqa shakldagi treyninglar;
    – atrof muhitga zarar yetkazmaydigan va barqaror ish bilan ta’minlashga chaqiruvchi ta’limga oid lavhalar;
    – kam karbonli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha tadqiqotlar;
    – qayta tiklanuvchi energiya, oziq-ovqat isrofi, qurilish va infrastruktura, transport, atrof-muhit dizayni sohalari bilan bog’liq karyera.

Dasturga qabul jarayoni:

Videolar onlayn tarzda topshiriladi. Videolar ochiq va ommaviy baholanadi hamda shu orqali g’oliblar aniqlanadi.

Qiziqtirgan savollar yuzasidan biomovies@tve.org.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!