×

Vetnam: magistratura va doktorantura uchun to’liq va qisman grantlar


Grant

MUHLAT

15.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vetnam

O'QILGAN

3045 marta

Vietnamda joylashgan Ton Duc Thang University (TDTU) universiteti chet ellik talabalar uchun moddiy ta’minot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu moddiy ta’minot dasturi shu universitet magistratura va doktorantura kurslariga o’qishga qabul qilingan iqtiorli va umidli talablarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Ton Duc Thang universitetida quyidagi yo’nalishlarda kurslar mavjud:

Magistratura:

  • Applied Mathematics;
  • Automation and Control Engineering;
  • Electrical Engineering;
  • Communications Engineering;
  • Business Administration;
  • Chemical Engineering;
  • Civil Engineering;
  • Transportation Engineering;
  • Computer Science;
  • Economics Law;
  • Environmental Engineering;
  • Labor Protection;
  • Finance and Banking;
  • Applied Art;
  • Sociology;
  • Sports Management;
  • Teaching English to Speakers of Other Languages

Doktorantura:

  • Business Administration;
  • Civil Engineering;
  • Computer Science;
  • Computational Science.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Moddiy ta’minot dasturi tarkibida turli xildagi grant dasturlari mavjud bo’lib, ularning talabaga taklif qiladigan moddiy yordam miqdorlarii turlicha:

  1. To’liq grantlar: o’qish uchun to’liq grant taqdim etilgan talabalarning kontraktlari to’liq qoplab beriladi va ular tekin turar joy bilan ta’minlanadilar.
  2. Qisman grant yutib olgan talabalarning kontraktlari 50% qoplab beriladi va ularning turar joy uchun amalga oshirishlari kerak bo’lgan to’lovning 50% qismi universitet tomonidan qoplab beriladi.
  3. Undan tashqari, TDTU universitetida talabalar olib boradigan tadqiqotlar uchun ham mahsus moliyaviy yordam

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod TDTU kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod bakalavr va/yoki magistratura diplomiga ega bo’lishi va ilgari o’qigan kurslari hozir o’qishga hujjat topshirgan kursi yo’nalishiga mos bo’lishi zarur.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. TDTU magistratura va doktorantura kurslariga qabul uchun kamida IELTS 5.5 talab etiladi.
  4. Nomzod Vyetnamga viza olishi mumkin bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun nozmod oldin TDTU’dagi magistratura va doktorantura kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi kerak, shunda agar nomzod barcha talablarga mos bo’lsa, o’qishga qabul qilinishi bilan unga grant ham belgilanadi.

TDTU kurslariga hujjat topshirish uchun

Grant va kursga qabul uchun ariza berish uchun quyidagi hujjatlarni gradstudies@tdtu.edu.vn elektron manziliga yuborish kerak:

  1. Ariza.
  2. CV.
  3. Nomzod olgan oxirgi ilmiy daraja diplomi va baholari.
  4. 500 so’zli motivatsion xat.
  5. Ingliz tili testi natijasi.
  6. Tavsiyanoma.
  7. Ikkita 3×4 o’lchamdagi fotosurat.
  8. Passport nusxasi.
  9. Salomatlik to’g’risida ma’lumotnoma.
  10. Doktoranturaga o’qishga kirayotganlar uchun: nashrlar.

Savollar bilan murojaat uchun:

Tel: +84 28 3775-5059
E-mail: gradstudies@tdtu.edu.vn

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!