Fransiyada joylashgan University of Montpellierda tadqiqot olib borish uchun Visiting Scientists Fellowship Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur PhD darajasiga va doktoranturani tamomlaganidan keyin kamida 10 yil ish tajribasiga ega tadqiqotchilarga Montpellier universitetida tadqiqot olib borish imkonini beradi. Dasturga Montpellier universitetining Montpellier Advanced Knowledge Institute on Transitions (MAK’IT) dasturiga kiradigan:
- Oziq-ovqat va agrosanoat;
- Atrof-muhit muhofazasi va
- Sog’liqni saqlash
va ularni barqaror rivojlantirish yo’llari mavzularida innovatsion va muhim tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilar qabul qilinadi. Tadqiqotchilar Montpellier University of Excellence konsortiumining o’zlari tanlagan bo’limida 3 oydan 12 oygacha tadqiqot qilishadi.
Grant kimlar uchun?
PhD diplomi va 10 yil ish/tadqiqot tajribasiga ega tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tadqiqotchiga oyiga 3000 yevro stipendiya beriladi
- Tadqiqotchilar yaxshi sharoitga ega turar joy bilan ta’minlanadi.
- Viza va yo’l xarajatlari (avia chiptalar) qoplab beriladi.
- Sug’urta va ijtimoiy himoya xarajatlari qoplanadi.
Talablar:
- Nomzod PhD diplomiga ega va PhD darajasini qo’lga kiritganidan keyin to’plangan 10 yil ish stajiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod oxirgi 3 yil ichida Fransiyada 12 oydan uzoq muddat davomida yashamagan, ishlamagan va o’qimagan bo’lishi zarur.
- Nomzod Fransiyadan tashqari va Fransiyaga tegishli bo’lmagan tadqiqot muassasasida ishlashi va tadqiqot vaqtida ham shu muassasa bilan hamkorligini to’xtatmasligi lozim. Bunda nomzod ishlaydigan muassasa nomzod ishdan ketmasligini kafolatlab ma’lumotnoma berishi kerak bo’ladi.
- Nomzod istalgan yo’nalish mutaxassisi bo’lishi mumkin.
- Nomzod ingliz tilini bilishi shart. Fransuz tilini ham tushunish darajasida bilsa foydali bo’ladi.
- Nomzod MUSE tadqiqot bo’limlaridan biri bilan tadqiqot masalasida kelishuvga erishgan bo’lishi va shu bo’lim nomzodni tadqiqot uchun taklif etishini bildirib ma’lumotnoma berishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga arizalar 15-iyulga qadar qabul qilinadi. Arizani bu yerda topshirishingiz mumkin. Natijalar mart-aprel oylarida e’lon qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
- Ariza
- CV
- Tadqiqot rejasi: 5 bet (yozma) yoki 10 daqiqa (video) ko’rinishida
- Nomzodning nashr etilgan ikkita ilmiy maqolasi
- MUSEA tadqiqot bo’limlaridan biri tomonidan berilgan tadqiqot uchun taklifnoma.
Murojaat uchun makit@umontpellier.fr manziliga ingliz yoki fransuz tilida e-mail yuboring.