×

Vodiylik yoshlar uchun “BOOST Camp” biznes oromgohi; ishtirok etish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

20.08.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

4339 marta

BOOST loyihasi tomonidan Fargʻona vodiysida yoshlar oʻrtasida tadbirkorlik va biznes gʻoyalarni rivojlantirish maqsadida “BOOST camp” biznes oromgohi tashkil etilmoqda.

Ushbu oromgohda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi yoki allaqachon boshlagan, oʻz biznes gʻoyalariga ega yoki uni takomillashtirish maqsadidagi 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha ishtirok etishi mumkin.

Ushbu 5 kunlik dastur 2022-yil 22-26-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar shaxsiy rivojlanish, biznes loyiha tuzish, jamoa bilan ishlash kabi koʻnikmalarini rivojlantiradi, shuningdek mahoratli ustozlardan saboq olish, yangi doʻstlar orttirish vakechki musiqadan bahramand boʻlish imkoniga ega boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Fargʻonalik yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Saralab olingan ishtirokchilar uchun quyidagi xarajatlar qoplanadi»

  • Ishtirok toʻlovi
  • Transport xarajatlari
  • Turar joy xarajati
  • Oziq-ovqat xarajatlari
  • Qoʻllanmalar

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlganlar ishtirok etishi mumkin.
  • Fargʻona vodiysida (Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatida) yashayotgan boʻlish kerak.
  • Biznesga qiziqish lozim.
  • Biznes gʻoyaga ega boʻlish lozim (oʻz biznesingizni boshlamoqchi boʻlgan yoki allaqachon boshlagan, oʻz biznes gʻoyalariga ega yoki uni takomillashtirish maqsadida boʻlganlar qatnashishi mumkin).

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun arizalar 2022-yil 19-avgustgacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirib, topshirishingiz mumkin. Arizani imkon qadar ertaroq topshirish tavsiya etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!