×

Volunteer Society Nepal: Nepalda volontyorlik dasturi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Nepal

O'QILGAN

13341 marta

Nepaldagi Volunteer Society Nepal (VSN) – Nepal Ko’ngillilar Jamiyati bir qancha volontyotlik va amaliyot dasturlarini taklif etmoqda. Dasturda turli mamlakatlardan boʻlgan barcha koʻngillilar oʻzlari tanlagan yoʻnalish boʻyicha Nepal aholisiga yordam koʻrsatish bilan bir vaqtda mamlakat aholisi, ularning yashash tarzi, madaniyati, urf-odatlari, tili bilan tanishish, shahar boʻylab sayohat qilish imkoniga ega boʻladilar. Dasturdan maqsad Nepalda ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirish boʻlib, loyihalar asosan yoshlar, ayollar va bolalar guruhlariga yoʻnaltirilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun Nepal Ko’ngillilar Jamiyati ko’ngillilarni maktab, nogironlar markazi, ayollar markazi va maktabdan keyingi bolalarni parvarish qilish markazlariga joylashtiradi. Dasturda qatnashish uchun turli yosh va kasb egalari, yuqori maktab oʻquvchilaridan to nafaqadagi insonlargacha ariza berishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Koʻngillilar (volontyorlar) uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Volunteer Society Nepal taklif etadigan koʻngillilar/amaliyot dasturlarida ishtirok etish pullik boʻlib, mablagʻning bir qismi loyihalarni tashkil etish uchun sarflanadi:

  • 2 haftalik dastur uchun: 400 yevro;
  • 3 haftalik dastur uchun: 500 yevro;
  • 4 haftalik dastur uchun: 600 yevro;
  • keyingi qo’shimcha har bir hafta uchun: 85 yevrodan.

Volontyor/amaliyotchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladilar

  • Aeroportda kutib olish va kuzatib qoʻyish.
  • Dastur davomida bepul oziq-ovqat (2 mahal).
  • Oldindan tayyorlangan mezbon oilalarda yashash imkoniyati.
  • Shahar transportidan foydalanish.
  • Nepal tili va madaniyati darslari.
  • Katmandu shahri boʻylab gid yordamidagi ekskursiya.
  • Istalgan vaqtda (favqulodda vaziyatlarda) Volunteer Society Nepal xodimlari bilan bogʻlanish imkoniyati.
  • Viza olish va joʻnab ketish oldidan yordam.
  • Nepal boʻylab boshqa sayohatlarni tashkil etishda ko’mak.

Batafsil maʼlumot shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Dasturga yuqori maktab oʻquvchilaridan nafaqadagi oʻqituvchilargacha barcha yoshdagi fuqarolar ariza berishlari mumkin.
  3. Nomzod istalgan soha boʻyicha tajriba/mahoratga ega boʻlishi mumkin.
  4. Ishtirokchilar kasb va tajribalaridan kelib chiqib oʻzlariga mos yoʻnalishga biriktiriladilar.
  5. Dastur davomida koʻngillilarga bittadan ortiq joyda amaliyot oʻtash imkoni berilishi mumkin. Masalan: 2 hafta ayollar markazida va 2 hafta qishloqdagi maktabda.
  6. Nomzodlarga qoʻyilgan talab ular tanlagan dasturga koʻra turlicha boʻladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga contact@volunteersocietynepal.org manziliga e-mail yozish orqali yoki shu yerdagi onlayn arizani toʻldirish orqali hujjat topshirish mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • Onlayn ariza.
  • Rezyume (rasm bilan).
  • Cover letter.
  • Dastur muddati va boshlanish vaqti haqida maʻlumot.

Dastur haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: +977 15156318

E-mail: contact@volunteersocietynepal.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!