×

Vrije Amsterdam universiteti: magistraturada o’qish uchun to’liq grant


Grant

MUHLAT

01.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

3707 marta

Nideralandiyada joylashgan Vrije Amsterdam universiteti 2019-yilning sentabridan boshlanadigan magistrlik kurslarida o’qishni xohlovchi xorijiy talabalardan VU Fellowship Programme (VUFP) grant dasturiga hujjatlar qabul qilmoqda. Nomzod universitetda mavjud ingliz tilida o’qitiluvchi magistrlik dasturlaridan istalgan birni tanlashi mumkin. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatda qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan nomzod kontrakt pulini to’lashdan to’liq ozod qilinadi. Grant talabalarga oylik yoki yillik stipendiya berishni nazarda tutmaydi. Shu sababli grantni qo’lga kiritgan talabalar yashash xarajatlarini o’zlari qoplashi kerak.

Shuningdek ikki yillik magistraturada grant ikkinchi yili ham berilishi uchun talaba birinchi yilda yaxshi o’qishi lozim. Agar talaba birinchi yili qoniqarli o’qimasa, grant ikkinchi yil uchun ajratilmaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzodning millati nemis bo’lmasligi yoki nemis davlatlari universitetlaridan birida bakalavrlik bosqichini tugatmagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’zi tanlagan magistraturaga qabul qilish shartlariga to’liq mos tushishi kerak. Bu talablar magistrlik yo’nalishlariga qarab farq qiladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tiliga qo’yilgan talabga (IELTS) mos bo’lishi kerak. Ingliz tiliga qo’yilgan talab yo’nalishlarga qarab farq qiladi, shu sababli nomzod til talablari bilan o’zi o’qimoqchi bo’lgan yo’nalishni tanlab, til talablari bilan tanishib oishi zarur. Odatda magistrlik dasturlari IELTS minimum 6.5 va hech qaysi bo’limi 6 dan past bo’lmasligini talab qiladi.
  • Nomzod bakalavriatda a’lo baholargan o’qigan va yuqori akademik ko’rsatkichlarga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Nomzodlar dastlab Studielink orqali ingliz tilidagi magistrlik dasturlaridan biriga ro’yxatdan o’tishi kerak. Keyin esa  VUnet portal orqali grantga hujjat topshiriladi. Yodingizda tutuing, grantga hujjat topshirishdan oldin albatta ingliz tilidagi magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirgan bo’lishingiz kerak. Ingliz tilidagi magistrlik dasturlariga qanday qilib hujjat topshirish mumkinligi haqidagi batafsil ma’lumot bilan SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!