×

Gollandiya: talabalar va yoshlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab; joy – 10 ta!


Grant

MUHLAT

01.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

7896 marta

Gollandiyada joylashgan Vrije Universiteit Amsterdam oliygohida tashkil etilayotgan qisqa yozgi kurslarda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Yozgi kurslar turli yo’nalishlardagi qiziqarli kurslarni o’z ichiga oladi. Yozgi maktab dasturi uchta mavsumda bo’lib o’tadi. Har bir mavsumda turli xil mavzularda kurslar bo’ladi va har bir kurs 2 hafta davom etadi. Kurslarda ma’ruzalar, seminarlar, ekskursiyalar, ko’gilochar tadbirlar va shu kabi qiziqarli mashg’ulotlar bo’ladi. Qatnashchi o’zi qatnashmoqchi bo’lgan mavsumda taklif etilayotgan kurslardan birini tanlashi va ikki hafta shu kurs mashg’ulotlarida ishtirok etishi kerak bo’ladi. Hamma mavzumdagi kurslarga hujjat topshirish ham mumkin.

Yozgi maktab dasturida quyidagi kurslarda ishtirok etish mumkin:

Birinchi mavsum  – 6-iyuldan 20-iyulgacha :

Big Data in Society |Buddhism and Psychology | Creativity and Innovation (Kardif Universiteti bilan hamkorlikda) |Data Analysis in R | Decolonizing Europe: History, Memory, Redress (with Brown University) |Discover the Dutch
|Empirical Research Methods for Legal Studies
 |Global Health | Hands-on Anthropology: Role of the Ethnographer | Fintech and Emerging Financing Models in a Dynamic World | Foundations of International Business | International Criminal Justice | Nature and Nurture: Twin Research and Human Genetics | Neurodegenerative Diseases: From Lab to Patient and Back | Qualitative Health (Education) Research

Ikkinchi mavsum – 20-iyuldan –avgustgacha:

|Big Ideas in Computer Science | Data Analysis in R  | Discover the Dutch: Language and Culture | Feeding the Billions: Challenges and Innovation in Food and Water Security | Hands-on Anthropology and Ethnographic Storytelling | Human Movement Analysis | New Venture Creation and Entrepreneurship | Organizational Behaviour Management | Programming in Python | Single-Cell Technologies in Life Sciences  |  The Beautiful Mind: Global Perceptions of Mental Health  | The Heart of Capitalism: Amsterdam 1600-Present 

Uchinchi mavsum – 3-avgustdan 17-avgustgacha:

|Advanced Optical Fluorescence (hali tasdiqlanmagan) |Big Data Management and Analysis in Linux

| Essential Academic English (B2) | Foundations of Strategy: How to Succeed as a Strategist (hali tasdiqlanmagan) | Governing Climate Change: Theory and Practice | New Venture Creation and Entrepreneurship |Operations Research: A Mathematical Way to Optimize Your World | Minding Music, Making Sound |Transnational Policing, Security and Justice |The Global Energy Transition in a Fossil World |The Economics of Urbanization

Yozgi kurslardan maqsad dunyoqarashini kengaytirib, jamiyatga foyda keltirish maqsadidagi faol talaba va mutaxassislarga qisqa yozgi kurslar orqali bilim berish. Yozgi kurslar uchun qatnashchilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida 10 ta to’liq grant ajratilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va doktorantura talabalari hamda yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktab dasturi doirasida grant yutib olgan qatnashchilar kurslar uchun kontrakt to’lovidan to’liq ozod qilinadilar va turar-joy bilan ta’minlanadilar. Kurslarda grantsiz qatnashmoqchi bo’lganlar uchun bir mavsumdagi 2 haftalik kurs to’lovi 1150 yevro.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida o’qiyotgan bo’lishi yoki oliy ma’lumotga ega bo’lishi kerak.
  2. Nomzod a’lochi bo’lishi va baholari 100% dan kamida 85% ni tashkil etishi kerak.

Kursga quyidagi talablarga mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida o’qiyotgan bo’lishi yoki oliy ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Bakalavr bosqichi talabalari kamida 2-kurs bo’lishlari zarur.
  2. Nomzod ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishi kerak (taxminan IELTS 6.5 ga to’g’ri keladi).
  3. Turli kurslar uchun ichki talablar ham bo’lishi mumkin, buni aniqlashtirib olish uchun bu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Kursda qatnashish uchun avvaliga onlayn ariza topshirish kerak.  Buning uchun CV, baholar va insho taqdim etish zarur. Insho mavzusi:

Why this topic? How will the course contribute to your future (academic) career?

Agar yozgi kursga qabul qilingan bo’lsangiz, keyin grantga ariza berishingiz mumkin bo’ladi. Grantga hujjatlar ham onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi.

Insho mavzusi:

–    Why participation in this specific VU Amsterdam Summer School course is relevant to your personal, professional, and academic goals;
–    How you will use this knowledge to make a positive impact in the future for yourself and your community.

Grantga ham, yozgi maktabga ham arizalar dekabr oyi o’rtalaridan boshlab 1-aprelgacha qabul qilinadi. Dekabr oyi o’rtalaridan boshlab rasmiy saytni tekshirib turish va arizalar uchun qabuli holatini tekshirib turish tavsiya etiladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun amsterdamsummerschool@vu.nl elektronmanziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!